← Bosh sahifaga qaytish

Axborot ishora belgilari

84 ta yo'l belgisi

5.1. “Avtomagistral”. Yo‘l harakati qoidalarining avtomagistrallarda harakatlanish tartibi o‘rnatilgan yo‘l.

5.1. “Avtomagistral”. Yo‘l harakati qoidalarining avtomagistrallarda harakatlanish tartibi o‘rnatilgan yo‘l.

  • 5.1. "Avtomagistral"

Bu yo‘l belgisi avtomagistral boshida yoki unga chiqishda 7.1.1, 7.1.3, 7.1.4. "Manzilgacha bo‘lgan masofa" qo‘shimcha yo‘l belgilari bilan birga, 1000 metrgacha bo‘lgan masofada o‘rnatiladi. Belgi yirik aholi yashash punktlarini o‘zaro bog‘laydigan, takomillashtirilgan ya’ni transport vositalarining tez, xavfsiz harakatlanishi uchun sharoit yaratilgan yo‘lning boshlanishini ko‘rsatadi. Avtomagistrallarda harakatlanishning alohida tartibi mavjud bo‘lib, bunday yo‘lda piyodalar, uy hayvonlari, ot – aravalar, velosipedlar, mopedlar, traktor va o‘zi yurar mashinalarning harakatlanishi taqiqlanadi. Bu haqda "Yo‘l harakati qoidalari" 18- bo‘limining  bandlarida batafsil tanishish mumkin.

5.2. “Avtomagistralning oxiri”.

5.2. “Avtomagistralning oxiri”.

  • 5.2. "Avtomagistralning oxiri"

Ushbu belgi avtomagistral yo'lining oxirida yoki undan oldin 7.1.1."Manzilgacha bo'lgan masofa" qo'shimcha yo'l belgilari bilan birga, 1000 metrgacha bo'lgan masofada o'rnatiladi.Shu joydan boshlab, 5.1. "Avtomagistral" yo'l belgisi bilan joriy etilgan harakatlanishning alohida tartib- talablari bekor qilinadi.

5.3. “Avtomobillar uchun mo‘ljallangan yo‘l”. Faqat avtomobillar, avtobus va mototsikllarning harakatlanishi uchun mo‘ljallangan yo‘l.

5.3. “Avtomobillar uchun mo‘ljallangan yo‘l”. Faqat avtomobillar, avtobus va mototsikllarning harakatlanishi uchun mo‘ljallangan yo‘l.

  • 5.3. "Avtomobillar uchun mo'ljallangan yo'l"

Avtomobillar, avtobus va motosikllarning harakatlanishi uchun mo'ljallangan yo'lni ko'rsatuvchi bu belgi mazkur takomillashtirilgan yo'l oldidan qo'yiladi. Bunday yo'lda barcha turdagi avtomobillar, avtobus va motosikllarning harakatlanishiga ruxsat etiladi, biroq ot – arava, velosiped, traktor, o'zi yurar mashina va mexanizm kabi transportlarning harakati taqiqlanadi. Avtomagistraldan farqli o'laroq avtomobillar uchun mo'ljallangan yo'llar faqatgina shahar ichidagi yirik sanoat va aholi mavzelarini o'zaro birlashtiradi.

5.4. “Avtomobillar uchun mo‘ljallangan yo‘lning oxiri”.

5.4. “Avtomobillar uchun mo‘ljallangan yo‘lning oxiri”.

  • 5.4. "Avtomobillar uchun mo'ljallangan yo'lning oxiri"

Ushbu belgi avtomobillar uchun mo'ljallangan yo'lning oxirini bildiradi. Belgi o'rnatilgan joydan boshlab, 5.3. "Avtomobillar uchun mo'ljallangan yo'l" belgisiga amal qiladigan talablar bekor qilinadi.

5.5. “Bir tomonlama harakatlanish yo‘li”. Transport vositalarining butun kenglik bo‘yicha bir yo‘nalishda harakatlanadigan yo‘li yoki uning qatnov qismi.

5.5. “Bir tomonlama harakatlanish yo‘li”. Transport vositalarining butun kenglik bo‘yicha bir yo‘nalishda harakatlanadigan yo‘li yoki uning qatnov qismi.

5.5. "Bir tomonlama harakatlanish yo'li"

Bu belgi yo'l boshida o'rnatilib, shu yo'lning butun kengligi bo'yicha transport vositalarining faqat bir yo'nalishda harakatlanishini joriy qiladi. Ushbu belgi qo'yilgan yo'lda transport vositalarining orqaga qayrilishi taqiqlangan.

Qayrilish transport vositasining qarama-qarshi harakatlanish tasmasiga kirishi bilan tenglashtiriladi va ushbu qoidabuzarlik uchun eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida ma'muriy javobgarlikka tortiladi.

Bir tomonlama harakatlanish yo'lida hovli va yo'lga tutash boshqa yondosh hududlarga burilish mumkin. Bundan tashqari, aholi yashaydigan joylarda bir tomonlama harakatlanish yo'llarining chap tarafida to'xtash va to'xtab turishga ruxsat etiladi. Biroq, to'liq vazni 3,5 tonnadan ortiq bo'lgan yuk avtomobillari esa bunday yo'llarda faqatgina yuk ortish yoki tushirish uchun to'xtashi mumkin.

5.6. “Bir tomonlama harakatlanish yo‘lining oxiri”.

5.6. “Bir tomonlama harakatlanish yo‘lining oxiri”.

  • 5.6. "Bir tomonlama harakatlanish yo'lining oxiri"

Ushbu belgi transport vositalari bir tomonlama harakatlanadigan yo'lning tugaganligini bildiradi. Bu belgi o'rnatilgan joydan boshlab, 5.5. "Bir tomonlama harakatlanish yo'li"  belgisi bilan o'rnatilgan tartib bekor qilinadi va qarama-qarshi yo'nalishli harakat boshlanadi.

5.7.1 Bir tomonlama harakatlanish yo’liga chiqish

5.7.1 Bir tomonlama harakatlanish yo’liga chiqish

  • 5.7.1, 5.7.2. "Bir tomonlama harakatlanish yo'liga chiqish"

Ushbu belgilar chorraha oldida o'rnatilib, haydovchi chiqayotgan yo'lda faqat bir tomonlama harakatlanish joriy etilgani haqida axborot beradi. Bunda 5.7.1. belgisi harakatning chap tomonga, 5.7.2. esa harakatning o'ng tomonga yo'naltirilganini ko'rsatadi.

Bir tomonlama harakatlanish yo'lida transport vositasining qarama-qarshi tomonga harakat qilishi eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida jarima belgilanishiga sabab bo'ladi.

5.7.2 Bir tomonlama harakatlanish yo’liga chiqish

5.8.1. “Bo‘laklar bo‘yicha harakatlanish yo‘nalishi”. Bo‘laklar soni va har biri bo‘yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo‘nalishi.

5.8.1. “Bo‘laklar bo‘yicha harakatlanish yo‘nalishi”. Bo‘laklar soni va har biri bo‘yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo‘nalishi.

  • 5.8.1. "Tasmalar bo'yicha harakatlanish yo'nalishi"

Bu belgi yo'l tasmalari soni va har bir yo'l bo'lagi bo'yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo'nalishini ko'rsatadi. Ushbu belgi chorraha oldida o'rnatiladi va ko'p tasmali keng yo'llarda harakatlanish yo'nalishini yo'l tasmalari bo'yicha belgilaydi. Yo'lning chetki chap tasmasidan chapga burilishga ruxsat beruvchi yo'naltirgich shu tasmadan orqaga qayrilishga ham ruxsat beradi.

5.8.2. “Bo‘lak bo‘yicha harakatlanish yo‘nalishi”. Bo‘lak bo‘yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo‘nalishi.

5.8.2. “Bo‘lak bo‘yicha harakatlanish yo‘nalishi”. Bo‘lak bo‘yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo‘nalishi.

  • 5.8.2. "Tasma bo'yicha harakatlanish yo'nalishi"

Belgida alohida tasma bo'yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo'nalishi ko'rsatilgan. Yo'lning chetki chap tasmasidan chapga burilishga ruxsat beruvchi yo'l belgisi shu tasmadan orqaga qayrilishga ham ruxsat beradi. Chorrahadan oldin o'rnatilgan "Tasma bo'yicha harakatlanish yo'nalishi" yo'l belgisining ta'siri, agar shu turkumdagi boshqa belgilar o'rnatilmagan bo'lsa, butun chorraha uchun tatbiq etiladi. Belgi har bir yo'l tasmalaridagi harakatlanish yo'nalishini alohida belgi bilan ko'rsatadi. Bu belgilar keng maydon yoki ko'p tasmali yo'llarda qo'llaniladi va har bir yo'l tasmasi ustida alohida – alohida o'rnatiladi.

5.8.3.1 Bo’lakning boshlanishi

5.8.3.1 Bo’lakning boshlanishi

  • 5.8.3. "Tasmaning boshlanishi"

Ushbu belgi yo'lning balandlikka ko'tarilish yoki sekinlashish qismidagi qo'shimcha yo'l tasmasining boshlanish joyini ko'rsatadi va shu yerga o'rnatiladi. Ushbu belgilar yo'lga qo'shimcha harakat bo'lagi kiritilganligi yoki tormozlanish tasmasi borligi haqida axborot beradi. Agar qo'shimcha tasma oldiga 4.7. "Eng kam tezlik" belgisi o'rnatilgan bo'lsa, belgida ko'rsatilgan yoki undan kattaroq tezlikda harakatlana olmaydigan transport vositasining haydovchisi asosiy tasmadan qo'shimcha tasmaga qayta tizilishi kerak.

5.8.3.2 Bo’lakning boshlanishi

5.8.4. “Bo‘lakning boshlanishi”. Uch bo‘lakli yo‘llarda harakatlanish uchun o‘rta bo‘lakning boshlanishi.

5.8.4. “Bo‘lakning boshlanishi”. Uch bo‘lakli yo‘llarda harakatlanish uchun o‘rta bo‘lakning boshlanishi.

  • 5.8.4. "Tasmaning boshlanishi"

Ushbu belgi uch tasmali ikki tomonlama harakat tashkil qilingan yo'llarda, o'rta tasma bo'yicha harakat yo'nalishini belgilaydi, ya'ni harakatga ma'lum bir tartib kiritadi. Belgi o'rta tasmadan foydalanishga ruxsat etiladigan qism oldida o'rnatiladi. Yo'llarning bunday qismlarida, yana 5.8.7, 5.8.8. "Tasmalar bo'yicha harakatlanish yo'nalishi"  yo'l belgilari qo'shimcha axborot berish uchun o'rnatiladi.

5.8.5. “Bo‘lak oxiri”. Balandlikka ko‘tarilish yoki to‘xtash qismidagi qo‘shimcha bo‘lakning oxiri.

5.8.5. “Bo‘lak oxiri”. Balandlikka ko‘tarilish yoki to‘xtash qismidagi qo‘shimcha bo‘lakning oxiri.

  • 5.8.5. "Tasma oxiri"

Ushbu belgi yo'lning balandlikka ko'tarilish yoki tezlanish qismidagi qo'shimcha yo'l bo'lagining oxirini ko'rsatadi va shu yerga o'rnatiladi.

5.8.6. “Bo‘lak oxiri”. Uch bo‘lakli yo‘lda harakatlanish uchun mo‘lajallangan o‘rta bo‘lakning oxiri.

5.8.6. “Bo‘lak oxiri”. Uch bo‘lakli yo‘lda harakatlanish uchun mo‘lajallangan o‘rta bo‘lakning oxiri.

  • 5.8.6. "Tasma oxiri"

Bu belgi uch tasmali ikki tomonlama harakat tashkil qilingan yo'lning harakatlanishga ruxsat etilgan o'rta tasmasining tugashini bildiradi.

Ushbu belgi yo'lning balandlikka ko'tarilish qismidagi qo'shimcha yo'l tasmasiining oxirini ko'rsatadi va shu yerga o'rnatiladi. Bunday vaziyatda qo'shimcha yo'l bo'lagida harakatlanayotgan transport vositalari asosiy tasmaga qayta tizilishlari shart.

5.8.7.1 Bo’laklar bo’yicha harakatlanish yo’nalishi

5.8.7.1 Bo’laklar bo’yicha harakatlanish yo’nalishi

  • 5.8.7. "Tasmalar bo'yicha harakatlanish yo'nalishi"

Bu belgi uch tasmali ikki tomonlama harakat tashkil qilingan yo'llarda harakat tartibini belgilaydi. Agar bu yo'l belgisida biror transpot vositasining harakatlanishini taqiqlovchi belgi tasvirlangan bo'lsa, unda bu transport vositasining tegishli tasmada harakatlanishi taqiqlanadi. 

5.8.7.2 Bo’laklar bo’yicha harakatlanish yo’nalishi

5.8.8 Bo’laklar bo’yicha harakatlanish yo’nalishi

5.8.8 Bo’laklar bo’yicha harakatlanish yo’nalishi

  • 5.8.8. "Tasmalar bo'yicha harakatlanish yo'nalishi"

Bu belgi uch tasmali ikki tomonlama harakat tashkil qilingan yo'llarda harakat tartibini belgilaydi. "Tasmalar bo'yicha harakatlanish yo'nalishi" yo'l belgilari yo'nalishlar soniga ko'ra to'rt va undan ortiq tasmali yo'llarga ham tatbiq etilishi mumkin. Uch tasmali ikki tomonlama harakat tashkil qilingan yo'llarda tasviri almashuvchanlik xususiyatiga ega bo'lgan 5.8.8. yo'l belgisi yordamida reversiv harakat tashkil etilishi mumkin. Agar "Tasmalar bo'yicha harakatlanish yo'nalishi" yo'l belgilari bo'lmasa, haydovchi o'rta tasmani ikkala tomondan quvib o'tishga mo'ljallangan tasma, deb qabul qilishi kerak.

Yo'l belgilari talabiga rioya qilmaslik bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravari miqdorida jarima belgilanishiga sabab bo'ladi.

5.8.9 Bo’laklar soni

5.8.9 Bo’laklar soni

5.8.9 Bo’laklar soni
5.9 Belgilangan yo’nalishli transport vositalari uchun mo’ljallangan bo’lak

5.9 Belgilangan yo’nalishli transport vositalari uchun mo’ljallangan bo’lak

  • 5.9. "Belgilangan yo'nalishli transport vositalari uchun mo'ljallangan tasma"

Bu belgi belgilangan yo'nalishli transport vositalari uchun mo'ljallangan tasmani ko'rsatadi. Belgi qaysi yo'l bo'lagi ustida joylashgan bo'lsa, shu tasmaga tegishli bo'ladi. Yo'lning serqatnov qismlarida jamoat transportlariga qulaylik yaratish maqsadida tashkil qilingan bunday yo'l tasmalari boshqalaridan sidirg'a chiziq bilan ajratilganda, unga boshqa transport vositalarining kirishi taqiqlanadi. Haydovchilar yo'lovchi tushirish yoki olish hamda o'ngga burilish uchun ushbu yo'l tasmasining uzuq-uzuq chiziqchalar bilan chegaralangan joyidan unga kirib va chiqishlariga ruxsat etiladi.

Yo'nalishli transport vositalari to'xtaydigan bekatlardan yurish yoki yo'l belgisi qoidasi buzilsa, eng kam oylik ish haqining 0,5 baravari miqdorida ma'muriy javobgarlik belgilanadi.

5.10.1 Belgilangan yo’nalishli transport vositalari uchun bo’lagi bor yo’l

5.10.1 Belgilangan yo’nalishli transport vositalari uchun bo’lagi bor yo’l

  • 5.10.1. "Yo'nalishli transport vositalari uchun alohida tasmasi bor yo'l"

Bu belgi belgilangan yo'nalishli transport vositalarining umumiy oqimga qarshi harakatlanishi uchun ajratilgan bo'lakni ko'rsatadi. Belgi o'rnatilgan yo'lning chetki chap bo'lagida belgilangan yo'nalishli transport vositalari umumiy oqimga qarshi harakatlanadi.

Bu yo'l bo'lagi boshqalaridan sidirg'a chiziq bilan ajratilib, unga boshqa transport vositalarining kirishi taqiqlanadi. Jamoat transporti harakatlanadigan qarama-qarshi bo'lakka chiqqan haydovchi eng kam ish haqining 10 baravari miqdorida ma'muriy javobgarlikka tortiladi.

5.10.2 Belgilangan yo’nalishli transport vositalari uchun bo’lagi bor yo’l

5.10.2 Belgilangan yo’nalishli transport vositalari uchun bo’lagi bor yo’l

  • 5.10.2. "Yo'nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo'lga chiqish"

Ushbu belgi chorrahada belgilangan yo'nalishli transport vositalari, ya'ni avtobus, trolleybus, tramvay va yo'nalishli taksilar uchun ajratilgan yo'l tasmasi borligi haqida axborot beradi. Shuningdek, haydovchilarga kesib o'tayotgan yo'lda bir tomonlama harakat tashkil qilinganligi haqida qo'shimcha ravishda ma'lumot beradi.

5.10.3 Belgilangan yo’nalishli transport vositalari uchun bo’lagi bor yo’l

5.10.3 Belgilangan yo’nalishli transport vositalari uchun bo’lagi bor yo’l

  • 5.10.3. “Yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘lga chiqish”

Ushbu belgi chorrahada belgilangan yo'nalishli transport vositalari, ya'ni avtobus, trolleybus, tramvay va yo'nalishli taksilar uchun ajratilgan yo'l bo'lagi borligi haqida axborot beradi. Haydovchilarga kesib o'tayotgan yo'lda bir tomonlama harakat tashkil qilinganligi haqida qo'shimcha ravishda ma'lumot beradi.

5.10.4 Belgilangan yo’nalishli transport vositalari uchun bo’lagi bor yo’lning oxiri

5.10.4 Belgilangan yo’nalishli transport vositalari uchun bo’lagi bor yo’lning oxiri

  • 5.10.4. “Yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘lning oxiri”

Ushbu belgi 5.10.1. "Belgilangan yo'nalishli transport vositalari uchun bo'lagi bor yo'l" ning oxirini ko'rsatadi va shu yerda o'rnatiladi. O'z navbatida, belgi o'rnatilgan joydan e'tiboran, "Belgilangan yo'nalishli transport vositalari uchun tasmasi bor yo'l" belgisining amal qilish tartibi bekor bo'lgan hisoblanadi.

5.11.1. “Qayrilish joyi”. Chapga burilish taqiqlanadi.

5.11.1. “Qayrilish joyi”. Chapga burilish taqiqlanadi.

  • 5.11.1. "Qayrilib olish joyi"

Bu belgi ajratuvchi mintaqali yo'llarda, transport vositalarining qayrilib olish joyini ko'rsatadi. Lekin, bu joydan chapga burilish taqiqlangan. Qayrilib olishga qulay sharoitni kutib turgan haydovchi o'zi boshqarayotgan transport vositasini qarama-qarshi yo'l bo'lagiga chiqarmasdan to'xtatishi shart.

5.11.2. “Qayrilish oralig‘i”. Qayrilish oralig‘ining uzunligi. Chapga burilish taqiqlanadi.

5.11.2. “Qayrilish oralig‘i”. Qayrilish oralig‘ining uzunligi. Chapga burilish taqiqlanadi.

  • 5.11.2. "Qayrilib olish oralig'i"

Bu belgi qayrilish oralig'ining uzunligini ko'rsatadi. U harakat tig'iz joylarda transport vositalarining qayrilishini tartibga solish orqali yo'llarning o'tkazuvchanlik imkoniyatini oshirishga xizmat qiladi. Lekin bu belgi bor joylarda chapga burilish mumkin emasligini unutmaslik lozim.

Taqiqlangan joydan burilgan transport vositasi haydovchisi eng kam oylik ish haqining 0,5 baravari miqdorida jarimaga tortiladi.

5.12. “Avtobus va trolleybus to‘xtash joyi”.

5.12. “Avtobus va trolleybus to‘xtash joyi”.

  • 5.12. "Avtobus va trolleybus to'xtash joyi"

Ushbu belgi jamoat transporti bekatlarini belgilaydigan joyni ko'rsatadi va shu erga o'rnatiladi. Bu belgi qo'yilgan joyda belgilangan yo'nalishdagi taksi, avtobus va trolleybuslargina to'xtashi mumkin. Boshqa transport vositalari ushbu belgi o'rnatilgan joylarda yo'lovchilarni chiqarish, tushirish uchun, jamoat transportiga xalaqit bermaslik sharti bilangina to'xtashlari mumkin. Boshqa hollarda, to'xtash joyidan 15 metrgacha bo'lgan masofada to'xtash va to'xtab turish taqiqlanadi.

Yo'nalishli transport vositalari to'xtaydigan bekatlardan yurish qoidasi buzilganda eng kam oylik ish haqining 0,5 baravari miqdorida ma'muriy javobgarlik belgilanadi.

5.13. “Tramvay to‘xtash joyi”.

5.13. “Tramvay to‘xtash joyi”.

  • 5.13. "Tramvay to'xtash joyi"

Bu belgi faqat tramvaylarning to'xtash bekatlarini ko'rsatadi va shu erga o'rnatiladi.

5.14. “Taksi to‘xtab turish joyi”.

5.14. “Taksi to‘xtab turish joyi”.

  • 5.14. "Taksi to'xtab turish joyi"

Ushbu belgi yengil taksilarning to'xtab turish joylarini ko'rsatadi va shu erga o'rnatiladi. Bu belgi bor joylarda boshqa transport vositalarining to'xtashi va to'xtab turishi taqiqlanadi.

Eslatib o'tamiz, to'xtash va to'xtab turish qoidalari buzilsa, haydovchi eng kam oylik ish haqining 3 baravari miqdorida ma'muriy javobgarlikka tortiladi.

5.15. “To‘xtab turish joyi”.

5.15. “To‘xtab turish joyi”.

  • 5.15. "To'xtab turish joyi"

Bu belgi transport vositalarining to'xtab turish joyini ko'rsatadi.

Belgi o'rnatilgan joyda barcha transport vositalarining to'xtashi va to'xtab turishi mumkin.

ilustration
  • 5.15.1. «Pullik to‘xtab turish joyi».

5.15.1 «Pullik to‘xtab turish joyi» belgisi qora hoshiyali to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda. To‘rtburchak markazida sariq fonda  lotin yozuvidagi «R» harfi tasvirlangan.

5.15.1 «Pullik to‘xtab turish joyi» belgisi maxsus ajratilgan, ochiq yoki yopiq maydonchada, transport vositalarining to‘xtab turish joyi pullik bo‘lgan joylarga o‘rnatiladi.  

Asosan bozorlar, supermarketlar, aeroportlar, vokzallar va shunga o‘xshash transport vosilarini to‘xtab turish zarurati yuqori bo‘lgan hududlarda, davlat, xususiy yoki davlat-xususiy mulkchiligi asosida qo‘shimcha qulayliklarga ega bo‘lgan pullik to‘xtab turish joylari tashkil qilinishi mumkin. Bunday joylarda, to‘xtab turish narxini hisob-kitob qiluvchi maxsus parkomatlar (Parkomat – bu mashina to‘xtash joyida bo‘lgan vaqt uchun mablag‘larni hisoblash va olishni ta’minlaydigan avtomatik qurilma. Qurilmaning turiga qarab, avtoturargoh foydalanuvchisi to‘xtab turishning davomiyligi va to‘lov usulini mustaqil tanlash imkoniyatiga ega.)  o‘rnatilishi yoki hisob kitob maxsus nazoratchi orqali amalga oshirilishi mumkin.

ilustration

5.15.2 Yer usti avtomobil qo‘yish joyi.

ilustration

5.15.3 Yer osti avtomobil qo‘yish joyi.

ilustration ilustration ilustration ilustration ilustration ilustration
5.16.1. va 5.16.2. "Piyodalar o'tish joyi"

5.16.1. va 5.16.2. "Piyodalar o'tish joyi"

  • 5.16.1. va 5.16.2. "Piyodalar o'tish joyi"

Bu yo'l belgisi piyodalarning o'tish joyini ko'rsatadi.  Belgilar "Yo'lning harakat tartibga solinmagan qismida piyodalarning o'tish joyi", "Piyodalarning harakatlanish yo'nalishi" va "Piyodalarning harakati svetofor

yordamida tartibga solingan" yotiq chiziqlari bilan birga yoki ularsiz o'rnatilishi mumkin. Bunda 5.16.1. belgisi yo'lning chap tarafiga qo'yilib, piyo  dalar o'tish joyining orqa chegarasini, 5.16.2. esa yo'lning o'ng tarafiga o'rnatilib, piyodalar o'tish joyining old chegarasini bildiradi. Haydovchilar yo'lni kesib o'tayotgan piyodalarga yo'l berishlari kerak.

Aks holda, ushbu qoidabuzarlik uchun haydovchi eng kam ish haqining 0,5 baravari miqdorida jarimaga tortiladi.

ilustration ilustration ilustration
5.17.1 Piyodalarning yer ostidan o’tish joyi

5.17.1 Piyodalarning yer ostidan o’tish joyi

  • 17.1, 5.17.2. "Piyodalarning er ostidan o'tish joyi"

Bu yo'l belgilari piyodalarning er ostidan o'tish joylarini ko'rsatadi. Serqatnov ko'chalarda piyodalarning xavfsizligini, shu bilan birga, yo'l – transport hodisalarining oldini olish va yo'llarning o'tkazuvchanligini oshirish maqsadida bunday er osti yo'laklari quriladi va ushbu belgilar o'rnatilgan joylarda piyodalar o'z xavfsizliklarini ta'minlash maqsadida er ostidan o'tishlari shart. 

5.17.1 belgisi yo'lning chap tomonidan, 5.17.2 belgisi o'ng tomonidan er osti yo'lagagi tushishni ko'rsatadi.

5.17.3, 5.17.4. "Piyodalarning er ustidan o'tish joyi"

Bu yo'l belgilari piyodalarning er ustidan o'tish joylarini ko'rsatadi. Serqatnov ko'chalarda piyodalarning xavfsizligini ta'minlash, shu bilan birga, yo'l – transport hodisalarining oldini olish va yo'llarning o'tkazuvchanligini oshirish maqsadida o'rnatiladi. Piyodalar belgi o'rnatilgan joylarda faqat er usti o'tish joyidan o'tishlari shart. 

Bunda 5.17.3. belgisi yo'lning chap tomoniga, 5.17.4. belgisi esa yo'lning o'ng tomoniga o'rnatiladi.

5.17.2 Piyodalarning yer ostidan o’tish joyi

5.17.2 Piyodalarning yer ostidan o’tish joyi

  • 5.17.1, 5.17.2. "Piyodalarning er ostidan o'tish joyi"

Bu yo'l belgilari piyodalarning er ostidan o'tish joylarini ko'rsatadi. Serqatnov ko'chalarda piyodalarning xavfsizligini, shu bilan birga, yo'l – transport hodisalarining oldini olish va yo'llarning o'tkazuvchanligini oshirish maqsadida bunday er osti yo'laklari quriladi va ushbu belgilar o'rnatilgan joylarda piyodalar o'z xavfsizliklarini ta'minlash maqsadida er ostidan o'tishlari shart. 

5.17.1 belgisi yo'lning chap tomonidan, 5.17.2 belgisi o'ng tomonidan er osti yo'lagagi tushishni ko'rsatadi.

5.17.3, 5.17.4. "Piyodalarning er ustidan o'tish joyi"

Bu yo'l belgilari piyodalarning er ustidan o'tish joylarini ko'rsatadi. Serqatnov ko'chalarda piyodalarning xavfsizligini ta'minlash, shu bilan birga, yo'l – transport hodisalarining oldini olish va yo'llarning o'tkazuvchanligini oshirish maqsadida o'rnatiladi. Piyodalar belgi o'rnatilgan joylarda faqat er usti o'tish joyidan o'tishlari shart. 

Bunda 5.17.3. belgisi yo'lning chap tomoniga, 5.17.4. belgisi esa yo'lning o'ng tomoniga o'rnatiladi.

5.17.3 Piyodalarning yer ustidan o’tish joyi

5.17.3 Piyodalarning yer ustidan o’tish joyi

  • 5.17.3, 5.17.4. "Piyodalarning er ustidan o'tish joyi"

Bu yo'l belgilari piyodalarning er ustidan o'tish joylarini ko'rsatadi. Serqatnov ko'chalarda piyodalarning xavfsizligini ta'minlash, shu bilan

birga, yo'l – transport hodisalarining oldini olish va yo'llarning o'tkazuvchanligini oshirish maqsadida o'rnatiladi. Piyodalar belgi o'rnatilgan joylarda faqat er usti o'tish joyidan o'tishlari shart. Bunda 5.17.3. belgisi yo'lning chap tomoniga, 5.17.4. esa yo'lning o'ng tomoniga o'rnatiladi.

5.17.4 Piyodalarning yer ustidan o’tish joyi

5.18 Tavsiya etilgan tezlik

5.18 Tavsiya etilgan tezlik

  • 5.18. "Tavsiya etilgan tezlik"

Ushbu belgi yo'lning shu qismida transport vositalari uchun tavsiya etilgan harakatlanish tezligini ko'rsatadi. Belgi eng yaqin chorrahagacha amal qiladi. Agar bu yo'l belgisi birorta ogohlantiruvchi belgi bilan birgalikda qo'yilsa, uning ta'sir oralig'i yo'lning xavfli qismi uzunligi bilan chegaralanadi. Ushbu belgi yo'lning holati yoki meteorologiya sharoitlariga qarab, shu qism uchun xavfsiz bo'lgan ma'lum tezlikni tavsiya etadi.

5.19.1 Oxiri berk yo’l, ko’cha

5.19.1 Oxiri berk yo’l, ko’cha

  • 5.19.1, 5.19.2, 5.19.3. "Oxiri berk yo'l, ko'cha"

Ushbu guruhga oid belgilar yo'lning davomi yo'q, oxiri berk ekanligini ko'rsatadi. Lekin bu belgilar transport vositalariga harakatlanishni, ya'ni ko'chaga kirishni taqiqlamaydi.

Ular faqat haydovchilarni yo'lning davomi yo'qligi haqida ogohlantiradi.

5.19.2 Oxiri berk yo’l, ko’cha

5.19.3 Oxiri berk yo’l, ko’cha

5.20.1.1 Yo’nalishlarning dastlabki ko’rsatkichi

5.20.1.1 Yo’nalishlarning dastlabki ko’rsatkichi

  • 5.20.1. "Yo'nalishlarning dastlabki ko'rsatkichi"

Belgida aholi yashaydigan joy va boshqa manzillarga harakatlanish yo'nalishlari ko'rsatilgan. Unda 5.29.1. "Yo'l raqami" belgisi hamda avtomagistral, aeroport, sport obyektlari va boshqa ramziy tasvirlar tushirilgan bo'lishi mumkin. Agar belgidagi biron- bir yo'nalishda taqiqlovchi yo'l belgisining tasviri tushirilgan bo'lsa, ushbu talabga javob bermaydigan transport vositalari yo'lning shu qismini aylanib o'tishlari kerak bo'ladi. Belgining quyi qismida chorraha yoki tormozlanish bo'lagigacha bo'lgan masofa ko'rsatiladi. Ushbu belgilar axborot xarakteriga ega bo'lgani uchun, aholi yashaydigan punktlarda oq, avtomagistrallarda yashil, aholi yashash joylaridan tashqarida ko'k rangda bo'ladi.

5.20.1.2 Yo’nalishlarning dastlabki ko’rsatkichi

5.20.1.2 Yo’nalishlarning dastlabki ko’rsatkichi

5.20.1.2 Yo’nalishlarning dastlabki ko’rsatkichi

5.20.1.3 Yo’nalishlarning dastlabki ko’rsatkichi

5.20.1.3 Yo’nalishlarning dastlabki ko’rsatkichi

5.20.1.3 Yo’nalishlarning dastlabki ko’rsatkichi
5.20.2 Yo’nalishlarning dastlabki ko’rsatkichi

5.20.2 Yo’nalishlarning dastlabki ko’rsatkichi

  • 5.20.2. "Yo'nalishlarning dastlabki ko'rsatkichi"

Bu turdagi belgilarda transport vositalari haydovchilariga qulaylik yaratish maqsadida, aholi yashaydigan joy va boshqa manzillarga harakatlanish yo'nalishi ko'rsatiladi. Belgida 5.29.1. "Yo'l raqami" belgisi hamda avtomagistral, aeroport va boshqa ramziy tasvirlar, ya'ni sport piktogrammalari tushirilgan bo'lishi mumkin.

5.20.3 Harakatlanish tasviri

5.20.3 Harakatlanish tasviri

  • 5.20.3. "Harakatlanish tasviri"

Ushbu belgilar murakkab, serqatnov chorrahalar oldida o'rnatiladi. Ayrim yo'nalishlar bo'yicha taqiqlovchi belgilar mavjud yo'llarda transport vositalari haydovchilariga harakatlanish yo'nalishini ko'rsatadi.

5.21.1 Yo’nalish ko’rsatkichi

5.21.1 Yo’nalish ko’rsatkichi

  • 5.21.1. "Yo'nalish ko'rsatkichi"

Ushbu belgi manzil tomon burilish joylarida o'rnatiladi va u orada qancha masofa qolganini va manzil tomon harakatlanish yo'nalishini ko'rsatadi. Belgilarda avtomagistral, aeroport, sport inshootlari va aholi manzillarigacha bo'lgan masofa kilometrda ko'rsatiladi.

ilustration ilustration ilustration ilustration ilustration ilustration
5.21.2 Yo’nalishlar ko’rsatkichi

5.21.2 Yo’nalishlar ko’rsatkichi

  • 5.21.2. "Yo'nalishlar ko'rsatkichi"

Ushbu belgida bir necha manzillar tomon harakatlanish yo'nalishlari ko'rsatiladi. Belgi manzillar tomon harakatlanish yo'nalishlarini va ungacha qancha masofa qolganini ko'rsatadi. Belgilarda manzillargacha bo'lgan masofa kilometrda ko'rsatilishi, avtomagistrallar, aeroportlar va boshqa ramziy tasvirlar tushirilgan bo'lishi mumkin.

ilustration ilustration ilustration
5.22 Aholi yashaydigan joyning boshlanishi

5.22 Aholi yashaydigan joyning boshlanishi

  • 5.22. "Aholi yashaydigan joyning boshlanishi"

Ushbu yo'l belgisi aholi yashaydigan joylarda harakatlanish tartibini belgilovchi talablarga amal qilinadigan joylar nomi va ularning boshlanishini ko'rsatadi. Bunday belgilarning asosi oq rangda bo'lib, aholi yashash joyining nomi qora rangda yoziladi. Bunday joylarda transport vositalarining yuqori tezligi soatiga 70 km/s bilan chegaralanadi va tovush moslamalaridan foydalanish taqiqlanadi.

Belgilangan harakat tezligi soatiga 20, 40 va undan ortiq kilometrdan ko'p bo'lgan kattalikdan oshirib yuborilishiga qarab, bazaviy hisoblash miqdorining 1, 5 va 10 baravari miqdorida ma'muriy javobgarlikka tortiladi.

Besabab tovush moslamalaridan foydalangan haydovchi esa bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravari miqdorida jarimaga tortiladi.

5.23 Aholi yashaydigan joyning oxiri

5.23 Aholi yashaydigan joyning oxiri

  • 5.23. "Aholi yashaydigan joyning oxiri"

Ushbu belgi aholi yashaydigan joyning oxirini ko'rsatadi. Ushbu belgi o'rnatilgan joydan boshlab, 5.22. "Aholi yashaydigan joyning boshlanishi" yo'l belgisi bilan kiritilgan cheklovlar bekor qilinadi.

5.24 Aholi yashaydigan joyning boshlanishi

5.24 Aholi yashaydigan joyning boshlanishi

  • 5.24. "Aholi yashaydigan joyning boshlanishi"

Bu belgining asosi havorang, yozuvi oq rangda bo'ladi. Belgi aholi yashash manzillari chetidan o'tuvchi magistral yo'llarda o'rnatilib, faqat joyning ma'muriy chegarasi haqida axborot beradi. Ushbu belgi o'rnatilgan hududda haydovchi aholi yashaydigan joylardan tashqarida joriy etilgan yo'l harakati qoidalariga rioya qilishi kerak.

5.25 Aholi yashaydigan joyning oxiri

5.25 Aholi yashaydigan joyning oxiri

  • 5.25. "Aholi yashaydigan joyning oxiri"

Bu belgi 5.24. "Aholi yashaydigan joyning boshlanishi" yo'l belgisining oxirini, ya'ni hududning ma'muriy chegarasidan chiqilishini bildiradi.

5.26 Manzil nomi

5.26 Manzil nomi

  • 5.26. "Manzil nomi"

Bu belgi ikki xil ko'rinishda bo'ladi. Asosi oq, yozuvi qora bo'lgan birinchi yo'l belgisi aholi yashaydigan joylardagi ko'cha, maydon va manzillarning nomini bildiradi. Asosi ko'k, yozuvi oq rangdagi ikkinchi belgi aholi yashash joylaridan tashqaridagi daryo, dovon, ko'l va boshqa xushmanzara joylarning nomini bildiradi.

5.27. “Masofalar ko‘rsatkichi”. Yo‘nalish bo‘yicha joylashgan aholi yashaydigan joylargacha bo‘lgan masofa (km).

5.27. “Masofalar ko‘rsatkichi”. Yo‘nalish bo‘yicha joylashgan aholi yashaydigan joylargacha bo‘lgan masofa (km).

  • 5.27. "Masofalar ko'rsatkichi"

Ushbu belgida yo'nalish bo'yicha joylashgan aholi yashaydigan joylargacha bo'lgan masofa kilometrlarda ko'rsatiladi. Ushbu belgi transport vositasining yo'nalishi bo'yicha o'rnatiladi. Belgida yo'nalish bo'yicha joylashgan aholi yashaydigan manzilgacha bo'lgan masofa raqamlar ko'rinishida ko'rsatiladi.

5.28. “Kilometr belgisi”. Yo‘lning boshi yoki oxirigacha bo‘lgan masofa (km).

5.28. “Kilometr belgisi”. Yo‘lning boshi yoki oxirigacha bo‘lgan masofa (km).

  • 5.28. "Kilometr belgisi"

Ushbu belgi yo'l boshidan boshlab, har bir kilometr masofada o'rnatiladi va yo'lning boshi yoki oxirigacha bo'lgan masofa kilometrlarda tegishli raqamlar bilan ko'rsatiladi.

5.29.1 Yo’l raqami

5.29.1 Yo’l raqami

  • 5.29.1. "Yo'lga berilgan raqam"

Ushbu belgilar yo'lga berilgan maqomni ifodalaydi va asosan xalqaro, davlat, hududiy ahamiyatiga ega magistral yo'llarga o'rnatiladi. Ushbu yo'llarga berilgan raqamlar avtomobil yo'llari xaritasida o'z aksini topib, transport vositasi haydovchilariga tanlagan yo'nalishlarida harakat qilishlari uchun qulaylik yaratadi.

5.29.2.1 Yo’l raqami

5.29.2.1 Yo’l raqami

  • 5.29.2. "Yo'lning raqami va yo'nalishi"

Ushbu belgilar yo'lga berilgan maqomni ifodalaydi va asosan xalqaro, davlat, hududiy ahamiyatiga ega magistral yo'llarga o'rnatiladi. Ushbu yo'lga berilgan raqamlar va yo'nalishlar avtomobil yo'llari xaritasida o'z aksini topib, transport vositasi haydovchilariga manzillariga etib olishlari uchun qulaylik yaratadi.

5.30.1 Yuk avtomobillari uchun harakatlanish yo’nalishi

5.30.1 Yuk avtomobillari uchun harakatlanish yo’nalishi

  • 5.30.1. "Yuk avtomobillari uchun harakatlanish yo'nalishi"

Ushbu belgi chorraha oldida o'rnatiladi. Yuk avtomobillari, traktorlar, o'zi yurar moslama va mexanizm haydovchilariga biror yo'nalishda harakatlanish taqiqlangan bo'lsa, ko'rsatilgan belgi bo'yicha to'g'riga yurishni ko'rsatadi va shu yo'l bo'yicha harakatlanishni tavsiya etadi. Belgi boshqa yo'llarga burilishni taqiqlamaydi, lekin o'rnatilgan belgiga amal qilmaslik, tez orada yuqorida aytib o'tilgan transport vositalarining harakatlanishini taqiqlaydigan belgiga olib chiqadi. Natijada, haydovchi   orqaga qaytishga majbur bo'ladi.

5.30.2 Yuk avtomobillari uchun harakatlanish yo’nalishi

5.30.2 Yuk avtomobillari uchun harakatlanish yo’nalishi

  • 5.30.2. "Yuk avtomobillari uchun harakatlanish yo'nalishi"

Ushbu belgi chorraha oldida o'rnatiladi. Yuk avtomobillari, traktorlar, o'zi yurar moslama va mexanizm haydovchilariga biror yo'nalishda harakatlanish taqiqlangan bo'lsa, o'ng tomon yo'nalishni ko'rsatadi va shu yo'l bo'yicha harakatlanishni tavsiya etadi. Belgi boshqa yo'llarga burilishni taqiqlamaydi, lekin o'rnatilgan belgiga amal qilmaslik, tez orada yuqorida aytib o'tilgan transport vositalarining harakatlanishini taqiqlaydigan belgiga olib chiqadi.

5.30.3 Yuk avtomobillari uchun harakatlanish yo’nalishi

5.30.3 Yuk avtomobillari uchun harakatlanish yo’nalishi

  • 5.30.3. "Yuk avtomobillari uchun harakatlanish yo'nalishi"

Ushbu belgi chorraha oldida o'rnatiladi. Yuk avtomobillari, traktorlar, o'zi yurar moslama va mexanizm haydovchilariga biror yo'nalishda harakatlanish taqiqlangan bo'lsa, chapga yo'nalishni ko'rsatadi va shu yo'l bo'yicha harakatlanishni tavsiya etadi. Belgi boshqa yo'llarga burilishni taqiqlamaydi, lekin o'rnatilgan belgiga amal qilmaslik, tez orada yuqorida aytib o'tilgan transport vositalarining harakatlanishini taqiqlaydigan belgiga olib chiqadi.

5.31. Aylanib o’tish tasviri

5.31. Aylanib o’tish tasviri

  • 5.31. "Aylanib o'tish tasviri"

Asosi sariq rangda bo'lgan ushbu belgi, harakatlanish uchun vaqtinchalik yopib qo'yilgan yo'l qismini aylanib o'tish yo'nalishini ko'rsatadi. Bu belgi aylanib o'tiladigan yo'lning oldida o'rnatiladi. Ushbu belgilarning sariq rangda bo'lishi e'tiborni jalb qilish, yo'nalishning vaqtincha o'zgarganligi va uni aylanib o'tish kerakligini ko'rsatadi.

5.32.1 Chetlab o’tish yo’nalishi

5.32.1 Chetlab o’tish yo’nalishi

  • 5.32.1, 5.32.2, 5.32.3. "chetlab o'tish yo'nalishi"

Bu belgilar guruhi chorraha oldida ba'zi hollarda, aylanib o'tiladi gan yo'lning oldida o'rnatiladi. Asosi sariq rangda bo'lgan ushbu belgi, harakatlanish   vaqtinchalik yopib qo'yilgan yo'l qismini chetlab o'tish yo'nalishini ko'rsatadi.

Jumladan, 5.32.1. ushbu yo'l qismini to'g'ridan, 5.32.2. o'ng tomondan va 5.32.3. chap tomondan chetlab o'tish kerakligiga ishora qiladi.

5.32.2 Chetlab o’tish yo’nalishi

5.32.3 Chetlab o’tish yo’nalishi

5.33 To’xtash

5.33 To’xtash

  • 5.33. "To'xtash"

Ushbu belgi svetofor ostida o'rnatiladi. Svetofor yoki tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasida transport vositalarining to'xtash joyini ko'rsatadi.

Eslatib o'tamiz, svetoforning yoki yo'l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishoralariga bo'ysunmagan haydovchilar eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida ma'muriy javobgarlikka tortiladilar.

5.34.1 Boshqa qatnov qismiga qayta tizilishning boshlang’ich ko’rsatkichi

5.34.1 Boshqa qatnov qismiga qayta tizilishning boshlang’ich ko’rsatkichi

5.34.1. "Boshqa qatnov qismiga qayta tizilishning boshlang'ich ko'rsatkichi"

Bu belgi ajratuvchi tasmali yo'llarning yopiq qismini qarama-qarshi yo'l tasmasi orqali aylanib o'tish yo'nalishini ko'rsatadi.

5.34.2 Boshqa qatnov qismiga qayta tizilishning boshlang’ich ko’rsatkichi

5.34.2 Boshqa qatnov qismiga qayta tizilishning boshlang’ich ko’rsatkichi

5.34.2. "Boshqa qatnov qismiga qayta tizilishning boshlang'ich ko'rsatkichi"

Bu belgi ajratuvchi tasmali yo'llarda vaqtinchalik yopib qo'yilgan yo'l qismining tugashi munosabati bilan transport vositalarining o'z harakat qismiga qayta tizilishini  ko'rsatadi.

5.35 Reversiv harakatlanish

5.35 Reversiv harakatlanish

  • 5.35. "Reversiv harakatlanish"

Ushbu belgi bir yoki bir necha yo'l tasmalarida, harakatlanish yo'nalishi qarama-qarshi tomonga o'zgarishi mumkin bo'lgan yo'l qismining boshlanishi haqida axborot beradi. Tasma bo'yicha harakatlanish faqat reversiv svetofor ruxsati bilangina amalga oshiriladi.

5.36 Reversiv harakatlanish oxiri

5.36 Reversiv harakatlanish oxiri

  • 5.36. "Reversiv harakatlanishning oxiri"

Bu yo'l belgisi reversiv tasmaning oxirini ko'rsatadi. Bu belgining qo'yilishi 5.35. "Reversiv harakatlanish" yo'l belgisi bilan qo'yilgan tartibni bekor qiladi.

5.37 Reversiv harakatlanish yo’liga chiqish

5.37 Reversiv harakatlanish yo’liga chiqish

  • 5.37. "Reversiv harakatlanish yo'liga chiqish"

Ushbu belgi chorraha oldida o'rnatiladi. Kesishadigan yo'lning bir yoki bir necha tasmalarida, harakatlanish yo'nalishi qarama-qarshi tomonga o'zgarishi mumkinligi haqida axborot beradi. Transport vositasi haydovchisi reversiv harakatlanish tasmasi bor yo'lga tashkil qilingan harakat tartibini hisobga olgan holda chiqishi kerak.

5.38 Turar-joy dahasi

5.38 Turar-joy dahasi

  • 5.38. "Turar joy dahasi"

Bu belgi yo'l harakati qoidalarining turar joy dahalarida harakatlanish tartibi o'rnatilgan yo'lni bildiradi.

Turar joy dahalarida piyodalar trotuardan tashqari yo'lning qatnov qismida ham harakatlanishlari mumkin.Bunda piyodalar imtiyozga ega bo'ladi.

Bu belgi o'rnatilgan yo'llarda transport vositasi haydovchilariga dvigatelni ishlatib turgan holda to'xtab turish, mexanik transport vositasini boshqarishni o'rgatish va maxsus maydon bo'lmasa, to'la vazni 3.5 tonnadan ortiq bo'lgan avtomobillarning to'xtab turishi taqiqlanadi.

Yo'l belgisi qoidasiga amal qilmaganlik uchun eng kam oylik ish haqining 0,5 baravari miqdorida ma'muriy javobgarlik belgilangan.

5.39 Turar-joy dahasining oxiri

5.39 Turar-joy dahasining oxiri

  • 5.39. "Turar joy dahasining oxiri"

Ushbu belgi turar joy dahasining oxirini bildiradi va shu joyga o'rnatiladi. Bu belgi 5.38. "Turar joy dahasi" yo'l belgisi bilan qo'yilgan chek  lovlarni bekor qiladi.

5.40 Falokatli holatlar uchun kirish yo’li

5.40 Falokatli holatlar uchun kirish yo’li

  • 5.40. "Falokatli holatlar uchun kirish yo'li"

Bu belgi falokatli holatlar uchun kirish yo'lini bildiradi va shu yo'l oldida qo'yiladi. Ushbu belgi tik nishablikda, tog'li yo'llarda va dovonda transport vositasining tormoz tizimi ishlamay qolgan vaziyatlarda uni to'xtatish maqsadida falokatli holatlar uchun ajratilgan yo'lakka kirishini  ko'rsatadi.

5.41 Surat va video

5.41 Surat va video

5.41 Surat va video

5.43 Radar

5.43 Radar

  • 5.43. “Radar”. 

Yo‘llarda avtomobil haydovchilari belgilangan tezlikka rioya etishi radarlar yordamida nazorat qilinayotganligini bildiruvchi yo‘l belgisi. Ushbu yo‘l belgisi belgilangan harakatlanish tezligi nazoratga olingan barcha joylarga o‘rnatilishi shart.

5.42 Qizil rangda o'ng tomonga burilish

5.42 Qizil rangda o'ng tomonga burilish

  • 5.42. “Qizil chiroqda o‘ngga harakatlanish”. 

Transport svetofori qizil chirog‘ining o‘ng yoniga 5.42 yo‘l belgisi o‘rnatilgan bo‘lsa, transport vositalarining haydovchilari svetoforning taqiqlovchi ishorasi yonib turganda, barcha xavfsizlik choralarini ko‘rgan holda o‘ngga burilishlari mumkin. Bunda ular harakat yo‘nalishi bo‘yicha va burilayotgan ko‘chani kesib o‘tayotgan piyodalarga hamda boshqa transport vositalariga yo‘l berishlari shart.

5.44 Velosipedlar uchun harakatlanish bo'lagi

5.44 Velosipedlar uchun harakatlanish bo'lagi

  • 5.44. “Velosipedchilar uchun yo‘lak”. 

Yo‘l belgisi qaysi harakat bo‘lagi ustiga o‘rnatilgan bo‘lsa, o‘sha harakat bo‘lagiga ta’sir qiladi. Yo‘lning o‘ng tomoniga o‘rnatilgan yo‘l belgisi o‘ng tasmaga ta’sir qiladi.

5.45 Velosipedlar uchun harakatlanish bo'lagining oxiri

5.45 Velosipedlar uchun harakatlanish bo'lagining oxiri

5.45 Velosipedlar uchun harakatlanish bo'lagining oxiri
5.8.2. “Bo‘lak bo‘yicha harakatlanish yo‘nalishi”. Bo‘lak bo‘yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo‘nalishi.

5.8.2. “Bo‘lak bo‘yicha harakatlanish yo‘nalishi”. Bo‘lak bo‘yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo‘nalishi.

5.8.2. “Bo‘lak bo‘yicha harakatlanish yo‘nalishi”. Bo‘lak bo‘yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo‘nalishi.
5.8.2. “Bo‘lak bo‘yicha harakatlanish yo‘nalishi”. Bo‘lak bo‘yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo‘nalishi.

5.8.2. “Bo‘lak bo‘yicha harakatlanish yo‘nalishi”. Bo‘lak bo‘yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo‘nalishi.

5.8.2. “Bo‘lak bo‘yicha harakatlanish yo‘nalishi”. Bo‘lak bo‘yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo‘nalishi.
5.8.2. “Bo‘lak bo‘yicha harakatlanish yo‘nalishi”. Bo‘lak bo‘yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo‘nalishi.

5.8.2. “Bo‘lak bo‘yicha harakatlanish yo‘nalishi”. Bo‘lak bo‘yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo‘nalishi.

5.8.2. “Bo‘lak bo‘yicha harakatlanish yo‘nalishi”. Bo‘lak bo‘yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo‘nalishi.
5.20.1.3 Yo’nalishlarning dastlabki ko’rsatkichi

5.20.1.3 Yo’nalishlarning dastlabki ko’rsatkichi

5.20.1.3 Yo’nalishlarning dastlabki ko’rsatkichi
5.15.1. «Pullik to‘xtab turish joyi».

5.15.1. «Pullik to‘xtab turish joyi».

  • 5.15.1. «Pullik to‘xtab turish joyi».

5.15.1 «Pullik to‘xtab turish joyi» belgisi qora hoshiyali to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda. To‘rtburchak markazida sariq fonda  lotin yozuvidagi «R» harfi tasvirlangan.

5.15.1 «Pullik to‘xtab turish joyi» belgisi maxsus ajratilgan, ochiq yoki yopiq maydonchada, transport vositalarining to‘xtab turish joyi pullik bo‘lgan joylarga o‘rnatiladi.  

Asosan bozorlar, supermarketlar, aeroportlar, vokzallar va shunga o‘xshash transport vosilarini to‘xtab turish zarurati yuqori bo‘lgan hududlarda, davlat, xususiy yoki davlat-xususiy mulkchiligi asosida qo‘shimcha qulayliklarga ega bo‘lgan pullik to‘xtab turish joylari tashkil qilinishi mumkin. Bunday joylarda, to‘xtab turish narxini hisob-kitob qiluvchi maxsus parkomatlar (Parkomat – bu mashina to‘xtash joyida bo‘lgan vaqt uchun mablag‘larni hisoblash va olishni ta’minlaydigan avtomatik qurilma. Qurilmaning turiga qarab, avtoturargoh foydalanuvchisi to‘xtab turishning davomiyligi va to‘lov usulini mustaqil tanlash imkoniyatiga ega.)  o‘rnatilishi yoki hisob kitob maxsus nazoratchi orqali amalga oshirilishi mumkin.

5.46 «Maktab».

5.46 «Maktab».

  • 5.46 «Maktab». 

Maktab yoki maktabgacha ta’lim tashkilotlari oldida o‘rnatiladi. Haydovchi uchun ushbu maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yetmasdan va o‘tib ketib 300 metrdan kam masofada soatiga 30 kilometrdan oshirmasdan harakatlanish tartibi kiritilgan.

5.47. «Turizm obyektlari yo‘nalish ko‘rsatgichi»

5.47. «Turizm obyektlari yo‘nalish ko‘rsatgichi»

  • 5.47. «Turizm obyektlari yo‘nalish ko‘rsatgichi» 

5.47 «Turizm obyektlari yo‘nalish ko‘rsatgichi»  belgisi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda bo‘lib, jigarrang fonda, chap tomonda turizm obyektlariga tegishli piktogramma tasviri, markazda turizm obyekti nomi o‘zbek va ingliz tillarida yozilgan va o‘ng tomonida turizm obyekti yo‘nalishi ko‘rsatilgan.

5.47 «Turizm obyektlari yo‘nalish ko‘rsatgichi»  belgisi turizm obyektlari joylashgan manzillarga harakatlanish yo‘nalishlarini bildiradi. Belgilarda manzillargacha bo‘lgan masofa (km) ko‘rsatilishi, temir yo‘l vokzallari, aeroportlar va boshqa turizm obyektlari ramziy belgilari tasvirlangan bo‘lishi mumkin.

5.47 «Turizm obyektlari yo‘nalish ko‘rsatgichi» belgisi ayeroportlar, vokzallar, me’moriy yodgorliklar, tarixiy obidalar, masjid yoki ibodatxonalar, dam olish maskanlari kabi turli turistik obyektlar yo‘nalishi yoki yo‘lni ko‘rsatadi. Ushbu turdagi belgilarning asosiy maqsadi turistlarga notanish erlarda harakat qilishda yordam berishdir.  

Jigarrang fondagi «Turizm obyektlari yo‘nalish ko‘rsatgichi» belgisi, asosan, chet ellik sayyohlar o‘tadigan yo‘llarga o‘rnatish uchun mo‘ljallangan. Bunday belgilardagi, infratuzilmalar va geografik obyekt nomlari, chet ellik turistlarga tushinarliroq bo‘lishi uchun, ingliz tilida ham takrorlanadi.

5.8.2. “Bo‘lak bo‘yicha harakatlanish yo‘nalishi”. Bo‘lak bo‘yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo‘nalishi.

5.8.2. “Bo‘lak bo‘yicha harakatlanish yo‘nalishi”. Bo‘lak bo‘yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo‘nalishi.

"Bo'lak bo'yicha harakatlanish yo'nalishi" Bo'lak bo'yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo'nalishi.
Yo'lning chetki chap bo'lagidan chapga burilishga ruxsat beruvchi 5.8.1 va 5.8.2 belgilari shu bo'lakdan qayrilishga ham ruxsat beradi.
Chorrahadan oldin o'rnatilgan 5.8.1 va 5.8.2 belgilarining ta'siri, agar shu turkumdagi boshqa belgilar o'rnatilmagan bo'lsa, butun chorrahaga tadbiq etiladi.