4.1.1. “Harakatlanish to‘g‘riga”.
- 4.1.1. "Harakatlanish to'g'riga"
Bu belgi yo'l kesishmasi oldida o'rnatiladi va transport vositalariga shu kesishmada faqat to'g'riga harakatlanishni buyuradi. Chapga yoki o'ngga burilish, shuningdek qayrilishga ruxsat etilmaydi. Lekin belgilangan yo'nalishli transport vositalariga, ya'ni avtobus, trolleybus, tramvay va yo'nalishli taksilarga bu belgining ta'siri yo'q. Belgi shuningdek yo'lning boshida ham o'rnatiladi. Bu holda uning buyrug'i keyingi chorrahagacha amal qiladi. Bunda yo'lning o'ng tomonida joylashgan hovli yoki yo'lga yondosh boshqa hududlarga kirishga ruxsat etiladi.
4.1.2. “Harakatlanish o‘ngga”.
- 4.1.2. "Oʻngga harakatlanish"
Ushbu belgi chorrahadan oldin oʻrnatiladi va transport vositalariga faqat oʻngga burilishni buyuradi. Ya’ni, bu yerda toʻgʻriga yurish, chapga burilish yoki orqaga qayrilish taqiqlanadi.
Ushbu belgining talablariga rioya qilmaslik yo‘l harakati qoidalarini buzishga va avariya holatining yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin. Qoidani buzgan haydovchiga eng kam oylik ish haqining 0,5 qismi miqdorida jarima solinadi.
Yo‘nalishli jamoat transport vositalari — avtobus, trolleybus, tramvay va marshrutkalar bu belgi ko‘rsatmasiga amal qilmasligi mumkin.
4.1.3. “Harakatlanish chapga”.
- 4.1.3. "Harakatlanish chapga"
Ushbu belgi chorraha oldida o‘rnatiladi va transport vositalarining birinchi kesishmada faqat chap tomonga harakatlanishini buyuradi. Chapga burilishni ko‘rsatuvchi belgi orqaga qayrilishga ruxsat beradi, lekin o‘ngga yoki to‘g‘riga harakatlanish qat’iyan taqiqlanadi. Yo‘nalishli transport vositalariga, ya’ni avtobus, trolleybus, tramvay va marshrut taksilariga belgi ta’sir qilmaydi.
Yo‘l belgilari talablarini buzgan haydovchi 0,5 bazaviy hisoblash miqdori (BHM) miqdorida ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
4.1.4. “Harakatlanish to‘g‘riga yoki o‘ngga”.
- 4.1.4. "Harakatlanish to‘g‘riga yoki o‘ngga"
Ushbu belgi chorraha oldida o‘rnatiladi va transport vositalarining birinchi kesishmada faqat to‘g‘riga yoki o‘ng tomonga harakatlanishini buyuradi. Chapga burilish yoki orqaga qayrilish taqiqlanadi. Ushbu belgi talablariga rioya qilinmasligi yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga va yo‘l-transport hodisasi yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin. Yo‘nalishli transport vositalarga, ya’ni avtobus, trolleybus, tramvay va marshrut taksilariga ushbu belgi ta’sir qilmaydi. Yo‘l belgisi talablarini buzgan haydovchi 0,5 bazaviy hisoblash miqdori (BHM) miqdorida ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
4.1.5. “Harakatlanish to‘g‘riga yoki chapga”.
- 4.1.5. "Harakatlanish to‘g‘riga yoki chapga"
Ushbu belgi chorraha oldida o‘rnatiladi va transport vositalarining birinchi kesishmada faqat to‘g‘riga yoki chap tomonga harakatlanishini buyuradi. Belgi o‘ngga burilishni qat’iyan taqiqlaydi, biroq chorrahada orqaga qayrilishga ruxsat beradi. Ammo bu yo‘l belgisi yo‘nalishli transport vositalarga taalluqli emas. Yo‘l belgisi qoidasini buzgan haydovchi 0,5 bazaviy hisoblash miqdori (BHM) miqdorida ma’muriy javobgarlikka tortiladi
4.1.6. “Harakatlanish o‘ngga yoki chapga”.
- 4.1.6. «Harakatlanish o‘ngga yoki chapga»
4.1.6 belgisi haydvchilardan faqat belgida ko‘rsatilgan yo‘nalishda, ya’ni o‘ng va chapga harakatlanishni talab qiladi. Bunday hollarda o‘ngga burilish qatnov qismining iloji boricha eng chetki o‘ng holatidan amalga oshirilishi kerak, chapga burilish esa qatnov qismining iloji boricha eng chetki chap holatidan amalga oshirilishi kerak. Shuningdek, chapga burilishga ruxsat etuvchi ushbu belgi qayrilishga ham ruhsat etadi. 4.1.6. «Harakatlanish o‘ngga yoki chapga» belgisi qatnov qismlarining qaysi kesishmasidan oldin o‘rnatilsa, belgining ta’siri shu kesishmaga joriy qilinadi.
4.2.1. “To‘siqni o‘ngdan chetlab o‘tish”.
- 4.2.1. “To‘siqni o‘ngdan aylanib o‘tish”
Belgisi bevosita xavfsizlik orolchalarini yoki turli xildagi to‘siqlardan oldin o‘rnatiladi. Xavfsizlik orolchalarini va turli xildagi to‘siqlarni faqat ko‘rsatkich(yo‘naltirgich) ko‘rsatgan tomondan aylanib o‘tishga ruxsat etiladi.Ushbu belgi talablariga amal qilmagan haydovchi, belgi talabiga zid ravishda xavfsizlik orolchasini yoki turli xildagi to‘siqni o‘ng tomondan emas chap tomondan aylanib o‘tayotganda yo‘l-transport hodisasini keltirib chiqarishi mumkin.
4.2.2. “To‘siqni chapdan chetlab o‘tish”. To‘siqni ko‘rsatilgan yo‘nalish bo‘yicha chetlab o‘tishga ruxsat etiladi.
- 4.2.2. "To'siqni chapdan chetlab o'tish"
Transport vositasining harakatlanayotgan yo'lida ushbu belgi bo'lsa, haydovchi to'siqni chap tomondan chetlab o'tishi kerak. To'siqni o'ngdan chetlab o'tish taqiqlanadi.
4.2.3. “To‘siqni o‘ngdan yoki chapdan chetlab o‘tish”. To‘siqni har tomondan chetlab o‘tishga ruxsat etiladi.
- 4.2.3. «To‘siqni o‘ngdan yoki chapdan chetlab o‘tish»
4.2.1 va 4.2.2 belgilaridan farqli ravishda 4.2.3. «To‘siqni o‘ngdan yoki chapdan chetlab o‘tish» belgisi, to‘siqni chetlab o‘tishning qat’iy yo‘nalishini ko‘rsatmasdan uni o‘ng yoki chapdan chetlab o‘tishga ruxsat beradi va bunda to‘siqni qaysi yo‘nalishdan chetlab o‘tish haydavchi xoxishiga bog‘liq.
Ko‘pincha ushbu belgi yo‘ldagi ta’mirlash ishlari qatnov qismi o‘rtasida amalga oshirilayotgan holatlarda ishlatiladi. Shuningdek belgi, temir-beton va temir to‘siqlarni, ko‘priklar va yo‘l o‘tkazgichlar ustunlarini chetlab o‘tish yo‘nalishini ko‘rsatish maqsadida o‘rnatilishi mumkin.
4.3. “Aylanma harakatlanish”. Yo‘naltirgichlarda ko‘rsatilgan yo‘nalishlarda harakatlanishga ruxsat etiladi.
- 4.3. “Aylanma harakatlanish”
Yo‘l belgisi aylanma harakatli chorrahaga (maydonga) kirishda o‘rnatiladi. Bu belgi chorrahada transport vositalarining aylanma harakatini tashkil qilishda harakatni faqat yo‘naltirgichlarda ko‘rsatilgan yo‘nalishlarda harakatlanishga ruxsat etilishini bildiradi.
Bunda aylanma harakatlanish chorrahasida harakatlanayotgan transport vositalari aylanma harakatlanish chorrahasiga kirib kelayotgan transport vositalariga nisbatan ustunlikka (imtiyozga) ega hisoblanadi.
4.4. “Engil avtomobillar harakatlanadi”. Engil transport vositalari, avtobus, mototsikllar, to‘la vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk tashuvchi transport vositlarining harakatlanishiga ruxsat etiladi.
- 4.4. "Yengil avtomobillar harakatlanishi"
Bu belgi ta'sir doirasida yengil avtomobillar, avtobuslar, motosikllar va to'la vazni 3,5 tonnagacha bo'lgan yuk avtomobillarning harakatlanishiga ruxsat etiladi. Belgi aholi zich, harakat tig'iz bo'lgan madaniy – maishiy markazlarda, ortiqcha transport vositalarining harakatini cheklash maqsadida o'rnatiladi.
Yo'l belgisi qoidasini buzgan haydovchi eng kam oylik ish haqining 0,5 baravari miqdorida ma'muriy javobgarlikka tortiladi.
4.5. “Velosiped yo‘lkasi”. Faqat velosiped va mopedlarlar harakatlanishga ruxsat etiladi. Velosiped yo‘lkasidan piyodalar ham yurishlari mumkin.
- 4.5. "Velosiped yo'lkasi"
Belgi o'rnatilgan yo'lda yoki yo'lakda faqat velosiped va mopedlar harakatlanishiga ruxsat etiladi. Bu belgi velosiped va mopedlar harakatlanishidan tashqari, trotuar bo'lmagan taqdirda, xalaqit bermaslik sharti bilan piyodalarning harakatlanishiga ham ruxsat etadi. Biroq bunday yo'llarda boshqa transport vositalarining harakati taqiqlanadi.
Ushbu yo'l belgisi qoidasini buzgan haydovchi eng kam oylik ish haqining 0,5 baravari miqdorida ma'muriy javobgarlikka tortiladi.
4.6 Piyodalar yo’lkasi
- 4.6. "Piyodalar yo'lkasi"
Bu belgi o'rnatilgan yo'lda, faqat piyodalarning yurishiga ruxsat etiladi. Belgi yo'l, maydon, saylgoh, yo'lka va alohida ko'chada, butun yo'l kengligi bo'yicha harakatlanish faqat piyodalarga ruxsat etilganligini bildiradi.Transport vositalarining piyodalar uchun mo'ljallangan yo'ldan yurishi taqiqlanadi.
Yo'l belgisi qoidasini buzgan haydovchi eng kam oylik ish haqining 0,5 baravari miqdorida ma'muriy javobgarlikka tortiladi.
4.6.1 Piyoda va velosipedlar birgalikda harakatlanish yo'li
4.6.2 Piyoda va velosipedlar birgalikda harakatlanish yo'li oxiri
4.6.3 Ajratilgan piyoda va velosiped harakatlanish yo'li
- 4.6.3 «Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yo‘lak»
belgisi dumaloq shaklga ega va oq hoshiyali ko‘k fonga ega bo‘lib, unda velosiped va piyodaning ramzi oq rangda tasvirlangan bo‘lib, bo‘ylama chiziq bilan ajratilgan. Belgi yo‘ldan bir vaqtning o‘zida ham piyodalar, ham velosipedchilar tomonidan foydalanishi mumkinligini ko‘rsatadi. Ammo 4.6.1 belgisidan farqli o‘laroq, piyodalar va velosipedchilar uchun ikkita alohida yo‘lak ajratilgan bo‘lib, ular 1.1, 1.25 va 1.26 yotiq chiziqlari yoki qoplama turi bilan bir-biridan ajratilgan. Ushbu belgining ta’sir oralig‘i uning o‘rnatilgan joyidan 4.6.4 belgisigacha yoki eng yaqin chorrahagacha davom etadi. Agar piyodalar yo‘lkasi uzoqroqqa cho‘zilgan bo‘lsa, u holda «Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yo‘lak» belgisini qayta o‘rnatish kerak.
Ushbu belgi ta’sir oralig‘ida transport vositalari harakatlana olmaydi yoki turolmaydi. Ammo bu qoidadan istisnolar mavjud. Piyodalar yo‘lkasida joylashgan obyektlarga turli xil tovarlarni yetkazib beradigan transport vositalari, masalan, oziq-ovqat do‘koniga tovarlarni yetkazib beradigan transport vositalari ushbu belgi ta’sir oralig‘iga kirishlari mumkin. Bundan tashqari, velosiped va piyodalar yo‘lkasi hududiga kirishga komunal xizmat yoki yo‘l xizmatlarining transport vositalariga, agar ular o‘z vazifalarini bajaradigan joy ushbu hududda joylashgan bo‘lsa ruxsat etiladi.
4.6.4 Ajratilgan piyoda va velosiped harakatlanish yo'li oxiri
- 4.6.4. «Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yo‘lakning oxiri»
belgisi dumaloq shaklga ega va oq hoshiyali ko‘k fonga ega bo‘lib, unda velosiped va piyodaning ramzi oq rangda tasvirlangan bo‘lib, bo‘ylama chiziq bilan ajratilgan va diaganal bo‘yicha qizil chiziq tortilgan.
Buyuruvchi belgilar odatda harakat yo‘nalishidagi chorrahagacha yoki qatnov qismi kesishmasigacha ta’sir qiladi. Biroq, shunday vaziyatlar bo‘lishi mumkinki, belgining ta’sirini oldinroq tugatish kerak. Agar gap piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yo‘lak to‘g‘risida ketsa, unda ularning ta’sir oxiri 4.6.4 «Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yo‘lakning oxiri» yo‘l belgisi bilan ko‘rsatilishi mumkin.
4.6.4 belgisi tegishli hududlarning oxirida piyodalar va velosipedchilarni boshqa harakat tartibi va xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan boshqa hududga kirib borayotganligi haqida xabardor qilish uchun o‘rnatiladi. Velosipedchilar endi yo‘lda boshqa haydovchilar bilan bir yo‘nalishda harakat qilishlari kerak, shuning uchun ular e’tiborini oshirishlari va yo‘nalish va trayektoriyani ehtiyotkorlik bilan tanlashlari kerak.
4.6.5 Ajratilgan piyoda va velosiped harakatlanish yo'li
- 4.6.5. “Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yo‘lak”.
1.1, 1.25 va 1.26 yotiq yo‘l chizig‘i yordamida, konstruktiv tarzda yoxud boshqa usulda piyodalar va velosipedchilarning harakati ajratilgan piyodalar va velosipedchilar yo‘lagi.
4.6.6 Ajratilgan piyoda va velosiped harakatlanish yo'li oxiri
4.7. “Eng kam tezlik”. Faqat belgida ko‘rsatilgan yoki undan yuqori tezlikda (km/soat) harakatlanishga ruxsat etiladi.
- 4.7. "Eng kam tezlik"
4.7 «Eng kam tezlik» belgisi dumaloq shaklga va oq hoshiyali ko‘k fonga ega bo‘lib, belgi markazida oq rangli raqamlar joylashtirilgan.
«Eng kam tezlik» belgisi yo‘lda yoki qatnov qismining alohida harakatlanish tasmasida, faqat belgida ko‘rsatilgan yoki undan yuqori tezlikda (km/s) harakatlanishga ruxsat etilgan holatlarda qo‘llaniladi.
4.7 «Eng kam tezlik» belgisining ta’sir oralig‘i belgi o‘rnatilgan joydan boshlanib, keyingi chorrahagacha yoki aholi punkti oxirigacha davom etadi yoki 4.8 «Eng kam tezlik belgilangan yo‘lning oxiri» belgisi o‘rnatilgan joyda yakunlanadi.
4.7 belgisi ko‘pincha boshqa belgilar bilan birga, masalan, belgi aynan shu harakatlanish tasmasiga tegishliligini ko‘rsatuvchi 7.14 «Harakatlanish tasmasi» yoki belgi aynan qaysi turdagi transport vositalariga tegishliligini ko‘rsatuvchi 7.4.1—7.4.10 «Transport vositasining turi» qo‘shimcha axborot belgilari bilan birga qo‘llanilishi mumkin.
«Eng kam tezlik» belgisini butun yo‘l bo‘ylab yakka holda o‘rnatish faqat qo‘shimcha yo‘l mavjud bo‘lgan hollarda mumkin, chunki bu tartibda o‘rnatilgan belgi, sekin harakat qiluvchi transport vositalari (traktorlar, qishloq xo‘jaligi texnikalari, mopedlar, skuterlar va boshqa sekin harakat qiluvchi transport vositalari) harakatini cheklab qo‘yishi mumkin.
4.7 «Eng kam tezlik» belgisi shuningdek, 5.8.3 «Tasmaning boshlanishi» belgisida ko‘rsatilishi mumkin, bunday holatda belgi yo‘lning sekinlashish bo‘lagi yoki balandlikka ko‘tarilishdagi qo‘shimcha tasmaning boshlanish qismlarida, asosiy harakatlanish tasmasidagi belgilangan eng kam tezlikni ko‘rsatadi.
4.8. “Eng kam tezlik belgilangan yo‘lning oxiri”.
- 4.8. "Eng kam tezlik belgilangan yo'lning oxiri"
Bu belgi 4.7. raqamli "Eng kam tezlik" yo'l belgisining ta'sir oralig'ini bekor qiladi. Bu yo'lda harakatlanayotgan transport vositalari yo'l qoidalariga amal qilgan holda, istagan tezliklarida harakatlanishlari mumkin.Haydovchilarning buyuruvchi belgilar talabiga amal qilishlariTransport vositasi haydovchilari taqiqlovchi belgilar kabi barcha buyuruvchi belgilarning talablariga amal qilishlari shart. Chunki ushbu buyuruvchi belgilar yo'l harakati qatnashchilariga qaysi yo'nalishda harakat qilishlari kerakligini buyurib, ularning harakatini aniq tartibga soladi. Masalan, "Harakatlanish to'g'riga", "Harakatlanish o'ngga", "Harakatlanish chapga", "To'siqni o'ngdan chetlab o'tish", "To'siqni chapdan chetlab o'tish", "To'siqni o'ngdan yoki chapdan chetlab o'tish" kabi yo'l belgilariga, umuman, buyuruvchi belgilarga amal qilmaslik yo'l – transport hodisalarining kelib chiqishiga sababchi bo'ladi.
- Istisno holatlari
Ushbu 4.1.1. "Harakatlanish to'g'riga", 4.1.2. "Harakatlanish o'ngga", 4.1.3. "Harakatlanish chapga", 4.1.4. "Harakatlanish to'g'riga yoki o'ngga", 4.1.5. "Harakatlanish to'g'riga yoki chapga", 4.1.6. "Harakatlanish o'ngga yoki chapga" yo'l belgilarining belgilangan yo'nalishli transport vositalariga, ya'ni avtobus, trolleybus, tramvay va yo'nalishli taksilarga ta'siri yo'q. Chapga burilishni buyuruvchi belgi orqaga qayrilib olishga ham ruxsat beradi.
4.9.1 Transport vositalarining xavfli yuklar bilan harakatlanish yo'nalishi
- 4.9.1, 4.9.2 va 4.9.3 "Xavfli yuk tashiyotgan transport vositalarining harakat yo‘nalishi"
"Xavli yuk" tashish belgisi bilan jihozlangan transport vositalarining harakatiga yo‘l belgisida ko‘rsatilgan yo‘nalishlarda ruxsat beriladi: 4.9.1 — to‘g‘riga, 4.9.2 — chapga, 4.9.3 — o‘ngga.
4.9.2 Transport vositalarining xavfli yuklar bilan harakatlanish yo'nalishi
- 4.9.1, 4.9.2 va 4.9.3 "Xavfli yuk tashiyotgan transport vositalarining harakat yo‘nalishi"
"Xavli yuk" tashish belgisi bilan jihozlangan transport vositalarining harakatiga yo‘l belgisida ko‘rsatilgan yo‘nalishlarda ruxsat beriladi: 4.9.1 — to‘g‘riga, 4.9.2 — chapga, 4.9.3 — o‘ngga.
4.9.3 Transport vositalarining xavfli yuklar bilan harakatlanish yo'nalishi
- 4.9.1, 4.9.2 va 4.9.3 "Xavfli yuk tashiyotgan transport vositalarining harakat yo‘nalishi"
"Xavli yuk" tashish belgisi bilan jihozlangan transport vositalarining harakatiga yo‘l belgisida ko‘rsatilgan yo‘nalishlarda ruxsat beriladi: 4.9.1 — to‘g‘riga, 4.9.2 — chapga, 4.9.3 — o‘ngga.
4.10 Otda yurish yo'li
4.10 Otda yurish yo'li