3.1. Kirish ta'qiqlangan
3.2. Harakatlanish ta'qiqlangan
3.3. Mexanik transport vositalarining harakatlanishi taqiqlangan
3.4. Yuk avtomobillarining harakatlanishi taqiqlangan
3.5. Mototsikllar harakatlanishi taqiqlangan
3.6. Traktorlar harakatlanishi taqiqlangan
3.7. Tirkama bilan harakatlanish taqiqlangan
3.8. Ot-arava harakatlanishi taqiqlangan
3.9. Velosipedda harakatlanish ta'qiqlangan
3.10. Piyodalarning harakatlanishi ta'qiqlangan
3.11. Vazn cheklangan
3.12. O‘qqa tushadigan og‘irlik cheklangan
3.13. Cheklangan balandlik
- 3.13. "Cheklangan balandlik"
Ushbu belgi balandligi cheklangan tonnel, ko'prik, estakadalar, yuqori kuchlanishli elektr toki o'tkazgichlari va turli kommunikatsion qurilmalar ostidan o'tgan yo'llar oldida o'rnatiladi. Gabarit balandligi belgida ko'rsatilgandan ortiq bo'lgan transport vositalarining harakatlanishini taqiqlaydi.
Eslatib o'tamiz, belgi bo'lmagan taqdirda, yo'l harakati qoidasiga ko'ra, transport vositalarining ruxsat etilgan gabarit balandligi 4 metr qilib belgilangan.
Transport vositasining gabarit balandligini hisobga olmay, taqiqlangan yo'ldan harakatlanishi yo'l inshootlariga shikast yetkazishi, yuqori kuchlanishli elektr toki o'tkazgichlarini uzib yuborishi va boshqa qator ko'ngilsizliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
3.14. Cheklangan kenglik
- 3.14. "Cheklangan kenglik"
Ushbu belgi tor yo'lak, tonnel, ko'prik va estakadalar oldida o'rnatiladi hamda gabarit kengligi belgida ko'rsatilganidan ortiq bo'lgan transport vositalarining harakatini taqiqlaydi.
Gabarit kengligi tor yo'llardan yurish imkoniyatini bermaydigan transport vositalarining ushbu belgiga amal qilmasligi oqibatida yo'l inshootlariga shikast yetishi, boshqa transport vositalari harakatiga xavf solishi mumkin.
Tegishli ruxsatnomasi bo‘lmay turib yirik gabaritli transport vositalari bilan yo‘lga chiqish yoki ruxsatnomada ko‘rsatilgan harakat yo‘nalishidan chetga chiqish taqiqlanadi.
3.15. Cheklangan uzunlik
- 3.15. "Cheklangan uzunlik"
Ushbu belgi uzun transport vositalarining ko'p burilishli tor ko'chalarda harakatlana olmasligi va boshqa harakat ishtirokchilariga xalaqit bermasligi maqsadida o'rnatiladi.
Bu belgi gabarit uzunligi (yuk bilan yoki yuksiz) belgida ko‘rsatilgandan uzun bo‘lgan transport vositalarining harakatlanishini taqiqlaydi.
3.16. Eng kam oraliq
- 3.16. "Eng kam oraliq"
Ushbu belgi usti muzlik bilan qoplangan joylar, sirpanchiq yo‘llar, tog‘li yo‘llar, ko‘tarish imkoniyati cheklangan uzun ko‘priklar, nazorat punktlari oldida o‘rnatiladi.
Belgida ko‘rsatilganidan kam oraliq masofada harakatlanish taqiqlanadi. Bunday joylarda transport vositasi haydovchilari ehtiyot choralarini ko‘rgan holda, oraliq masofani saqlab, o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlanishni davom ettirishlari mumkin.
Belgi o‘rnatilgan joydan keyingi eng yaqin chorrahagacha, chorrahasi bo‘lmagan aholi punktlarida aholi yashaydigan hududning oxirigacha yoki 7.2.1 qo‘shimcha axborot belgisi bilan belgilangan joygacha ta’sir qiladi.
3.17.1. Bojxona
- 3.17.1. "Bojxona"
Ushbu belgi bojxona posti oldida o'rnatiladi. Haydovchilar kerakli hujjatlarni rasmiylashtirish uchun post oldida majburiy ravishda to'xtab o'tishlari shart. Transport vositasi haydovchilarining bojxona oldida to'xtamasdan o'tishlari taqiqlanadi.
3.17.2. Xavf-xatar
- 3.17.2. «Xavf-xatar».
Bu belgi yo‘l-transport hodisasi yoki boshqa xavfli holatlar, ya’ni qor ko‘chishi, yo‘lni suv bosishi, ko‘prikni suv olib ketishi, radiatsiya, zaharli gazlar tarqalishi, shu bilan birga, boshqa tabiiy va texnogen ofatlar yuz bergan yo‘l qismlari oldida o‘rnatiladi.
Ushbu yo‘l belgisi barcha transport vositalarining xavfli hududdan harakatlanishlarini taqiqlaydi.
3.18.1. O’ngga burilish ta'qiqlanadi
- 3.18.1. «O‘ngga burilish taqiqlangan».
Bu belgi yo‘l kesishmasi oldida o‘rnatiladi. Taqiqlovchi ushbu belgi yo‘nalishli transport vositalari, ya’ni avtobus, trolleybus, tramvay va yo‘nalishli taksilardan boshqa barcha transport vositalarining o‘ngga burilishini taqiqlaydi. Belgi o‘rnatilgan kesishmaning o‘zigagina ta’sir qiladi
3.18.2. Chapga burilish taqiqlanadi
- 3.18.2. "Chapga burilish taqiqlanadi".
Bu belgi qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga o'rnatilsa, shu kesishmaga tatbiq etiladi va belgiga amal qilish yo'nalishli transport vositalariga ta'sir qilmaydi.
3.19. Qayrilish ta'qiqlanadi
- 3.19. “Qayrilish taqiqlangan”
Belgisi manevrni bajarish qiyin bo‘lgan yoki boshqa transport vositalarining harakati uchun xavf tug‘diradigan chorrahalarda qayrilishni taqiqlash uchun qo‘llanilishi kerak. U chorrahalar orasidagi yo‘l uchastkalarida ajratuvchi mintaqadagi bo‘shliqlar orqali qayrilishlarni taqiqlash uchun ishlatilmasligi kerak.Bu belgi o‘rnatilgan joyda faqat qayrilib olish taqiqlanadi, chapga burilish taqiqlanmaydi. Ushbu belgi talablariga amal qilmagan haydovchi, qayrilib olish boshqa transport vositalarining harakati uchun xavf tug‘diradigan chorrahada yo‘l-transport hodisasini keltirib chiqarishi mumkin.
3.20. Quvib o’tish taqiqlanadi
- 3.20. «Quvib o‘tish taqiqlangan»
belgisi harakat jadalligi yuqoriligi, qatnov qismi kengligi sababli transport vositalarining quvib o‘tishi qarama - qarshi yo‘nalishdagi yoki yo‘lakay yo‘nalishdagi boshqa transport vositalarining harakatlanishi uchun xafv tug‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlarda qo‘llaniladi. 3.20. «Quvib o‘tish taqiqlangan» belgisi, shuningdek, ko‘rinish cheklangan joylarda o‘rnatilishi mumkin, bunda belgining ta’sir oralig‘i yo‘lning xavfli hududi bilan belgilanadi.
3.21. Quvib o’tish ta'qiqlangan hududning oxiri
- 3.21. «Quvib o‘tish taqiqlangan hududning oxiri».
Bu belgi 3.20. «Quvib o‘tish taqiqlangan» belgisi bilan qo‘yilgan, soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan yakka transport vositasidan boshqa transport vositalarini quvib o‘tish taqiqlangan cheklovni bekor qiladi. Belgidan so‘ng yo‘lning ushbu qismida harakatlanayotgan transport vositalari barcha turdagi transport vositalarini qoidada belgilangan tartibda quvib o‘tishi mumkin.
3.22. Yuk avtomobillarida quvib o’tish taqiqlangan
- 3.22. "Yuk avtomobillarida quvib o‘tish taqiqlangan"
Ushbu belgi ruxsat etilgan to‘la vazni 3.5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillarida barcha transport vositalarini quvib o‘tishni taqiqlaydi. Lekin soatiga 40 km.dan kam tezlikda yakka tartibda harakatlanayotgan transport vositalarini quvib o‘tishga ruxsat etiladi. Bu belgi birinchi chorrahagacha va 3.23. "Yuk avtomobillarida quvib o‘tish taqiqlangan hududning oxiri" belgisi o‘rnatilgan joygacha amal qiladi. Agar chorraha va "Yuk avtomobillarida quvib o‘tish taqiqlangan hududning oxiri" yo‘l belgisi bo‘lmasa, belgining aholi yashaydigan joylarning oxirigacha amal qiladi.
Transport vositalarini quvib o‘tish qoidasini buzgan haydovchi eng kam oylik ish haqining 0,5 baravari miqdorida jarimaga tortiladi.
3.23. Yuk avtommobillarida quvib o’tish taqiqlangan hududning oxiri
- 3.23. "Yuk avtomobillarida quvib o‘tish taqiqlangan hududning oxiri"
Bu belgi transport vositalariga 3.22. "Yuk avtomobillarida quvib o‘tish taqiqlangan" belgisi bilan qo‘yilgan cheklovni bekor qiladi. Yo‘lning bu qismida harakatlanayotgan yuk avtomobillari barcha turdagi transport vositalarini qoidada belgilangan tartibda quvib o‘tishi mumkin.
3.24. Yuqori tezlik cheklangan
- 3.24. "Yuqori tezlik cheklangan"
belgisi doira shaklida va unda yo‘lning ushbu qismida ruxsat etilgan maksimal tezlik ko‘rsatilgan qizil hoshiyali oq fonga ega. 3.24 «Yuqori tezlik cheklangan» belgisi ko‘rsatilganidan ortiq tezlikda (km/s) harakatlanish taqiqlanishini bildiradi.
Yo‘l-transport hodisalarining eng ko‘p uchraydigan sabablaridan biri bu tezlikni oshirishdir. Shu sababli transport vositalarining tezligini cheklash yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashning eng muhim chorasidir. Shuning uchun 3.24 belgisi amaliyotida eng ko‘p qo‘llaniladigan belgilardan hisoblanadi. Belgining talablari juda oddiy: har qanday transport vositasining haydovchisiga belgida belgilangan maksimal tezlik chegarasidan oshib ketishi qat’iyan man qilinadi.
«Yuqori tezlik cheklangan» belgisining ta’sir oralig‘iga kelsak, u to‘g‘ridan to‘g‘ri belgi joylashgan joydan boshlanadi. Ammo bu hududning oxiri bir necha usullar yordamida ko‘rsatilishi mumkin.
Birinchidan, «Yuqori tezlik cheklangan» belgisi harakatlanish yo‘nalishida yangi tezlikni cheklovchi belgi o‘rnatilmagan bo‘lsa keyingi chorrahalarda yoki aholi punkti oxirida ta’sirini to‘xtatadi. Yangi aholi punktining boshlanishi ham belgi tugaydigan joy bo‘lishi mumkin. Ikkinchidan, 3.24 belgisining ta’sir oxiri 3.25 «Yuqori tezlik cheklangan hududning oxiri» belgisi yoki 3.31 «Barcha cheklovlarning oxiri» belgisi bilan belgilanishi mumkin.
Uchinchidan, belgi ta’siri shu turdagi boshqa tezlik chegarasi ko‘rsatilgan, belgining o‘rnatilishi orqali tugatilishi mumkin. To‘rtinchidan, 3.24 belgisining ta’sir oralig‘i 7.2.1 «Ta’sir oralig‘i» qo‘shimcha axborot belgisi bilan ko‘rsatilishi mumkin, bu belgining aniq ta’sir masofasini ko‘rsatadi.
3.25. Yuqori tezlik cheklangan hududning oxiri
- 3.25. "Yuqori tezlik cheklangan hududning oxiri"
3.25 «Yuqori tezlik cheklangan hududning oxiri» belgisi qora hoshiyali doira shaklida bo‘lib, oq fonda kulrang rangda oldin o‘rnatilgan 3.24 belgidagi raqamlar ko‘rsatilgan va beshta ingichka dioganal chiziqlar chizilgan.
3.24 «Yuqori tezlik cheklangan» belgisi ta'sir oxirini ko‘rsatuvchi usullardan biri, bu 3.25 «Yuqori tezlik cheklangan hududning oxiri» belgisini o‘rnatish hisoblanadi. 3.25 «Yuqori tezlik cheklangan hududning oxiri» belgisi 3.24 «Yuqori tezlik cheklangan» belgisining ta'sirini keyingi chorrahagacha yoki aholi punktining oxirigacha davom ettirishga zarurat qolmagan holatlarda o‘rnatiladi.
Biroq tezlik chegarasining bekor qilinishi haydovchi o‘zi uchun qulay bo‘lgan istalgan tezlikda harakatlana oladi, degani emas, chunki yo‘llarda belgilangan tezlik chegaralari mavjud. Masalan, yengil avtomobillar va ruxsat etilgan to‘la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lmagan yuk avtomobillariga aholi punktlarida 70 km/soatdan oshirib, aholi punktlaridan tashqarida 100 km/soatdan yuqori, turar joy dahalarida esa 20 km/soatdan yuqori tezlikda harakatlanish taqiqlanadi. Turli toifadagi transport vositalari uchun yuqori tezlik ko‘rsatkichlari turli xil.
Har ikki yo‘nalishda harakatlanish uchun bir, ikki yoki uch tasmali yo‘llarda 3.25 belgisi faqat yo‘lning chap tomonida, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanadigan transport vositalarining haydovchilari uchun mo‘ljallangan 3.24 belgisining teskari tomonida o‘rnatilishi mumkin.
«Yuqori tezlik cheklangan hududning oxiri» belgisi nafaqat yo‘lning chap tomoniga, balki o‘ng tomoniga ham o‘rnatilishi mumkin. Bu haydovchiga «Yuqori tezlik cheklangan» belgisining ta'siri tugaganligi to‘g‘risida tezda xabardor qilish uchun amalga oshiriladi.
3.26. Tovuch moslamalaridan foydalanish ta'qiqlangan
- 3.26. "Tovush moslamalaridan foydalanish taqiqlangan"
Bu belgi yo'l-transport hodisasining oldini olish hollaridan boshqa vaziyatlarda, tovush moslamalaridan foydalanishni taqiqlaydi. Ushbu belgi aholi yashash joylaridan tashqarida, dam olish uylari, kasalxonalar, sanatoriyalar, bolalar dam olish oromgohlari oldida o'rnatiladi. Aholi yashaydigan joylarda belgi o'rnatilmasada, sababsiz tovush moslamalaridan foydalanish taqiqlangan.
Yo'l belgilari qoidalariga amal qilmaganlik uchun eng kam ish haqining 0,5 baravari miqdorida jarima belgilanadi.
3.27. To’xtash taqiqlangan
- 3.27 «To‘xtash taqiqlangan»
belgisi qizil hoshiyali doira shaklida. Biroq belgi foni oq emas ko‘k rangda. Belgi doirasi bo‘ylab X (iks) shaklida ikkita qizil rangli dioganal chiziqlar tortilgan.
3.27 «To‘xtash taqiqlangan» yo‘l belgisi yo‘l harakati qatnashchilariga ushbu joyda to‘xtashga ruxsat etilmaganligini bildiradi. Ushbu belgi avtomobillarning boshqa transport vositalariga xalaqit bermasligini ta’minlash uchun o‘rnatiladi.
Avtomobil – bu harakatlanish uchun mo‘ljallangan qurilma. Ammo ba’zida avtomobil ham to‘xtashi kerak. Yo‘l harakati qoidalarida bunday holatlar to‘xtash yoki to‘xtab turish deb ataladi. Shunday vaziyatlar bo‘ladiki, ba’zan avtomobillar yo‘lning u yoki bu qismida noo‘rin to‘xtashadi, chunki, bu boshqa avtomoballar harakatiga to‘sqinlik tug‘dirishi, tirbandlikka yoki yo‘l – transport hodisasiga sabab bo‘lishi mumkin.
Avtotransport vositalarini to‘xtash yoki to‘xtab turishi taqiqlangan holatlar Yo‘l harakati qoidalarida batafsil ko‘rsatilgan. Biroq, qandaydir joylarda to‘xtash taqiqlanishi kerak bo‘lgan holatlar bo‘lishi mumkin. Bunday joylar 3.27 «To‘xtash taqiqlangan» yo‘l belgisi bilan belgilanadi.
3.28. To’xtab turish ta'qiqlangan
- 3.28. "To'xtab turish taqiqlangan"
Transport vositalarining to‘xtab turishi taqiqlanadi xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga biriktirilgan ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maxsus rangli bo‘yoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari bundan mustasno).Ushbu Qoidalarning 176-bandiga binoan «Nogiron» tanish belgisi bilan belgilangan avtomobillar va kajavali mototsikllarni boshqarayotgan nogiron haydovchilar belgi talablaridan chetga chiqishlari mumkin. Bu belgi taksometri ishlab turgan taksilarga taalluqli emas.
3.29. Oyning toq kunlarida to’xtab turish taqiqlanadi
- 3.29. "Oyning toq kunlarida to'xtab turish taqiqlanadi" va 3.30. "Oyning juft kunlarida to'xtab turish taqiqlanadi"
3.29 «Oyning toq kunlarida to‘xtab turish taqiqlangan» belgisi qizil chiziq tortilgan, qizil hoshiyali ko‘k fon va uning markazida vertikal oq chiziq tortilgan ko‘rinishga ega.
3.29 «Oyning toq kunlarida to‘xtab turish taqiqlangan» belgisi oyning oq kunlarida (sanalarida) transport vositalarining belgi ta'sir oralig‘ida to‘xtab turishini taqiqlaydi.
3.29 belgisi odatda qarama-qarshi harakatlanayotgan transport vositalarini aylanib o‘tish qiyin bo‘lishi mumkin bo‘lgan yo‘llarning tor hududlarida, shuningdek, ma'muriy binolar, turli muassasalar, supermarketlar va boshqa joylarda transport vositalarining to‘xtab turishi zurur bo‘lgan joylarda o‘rnatiladi. Yo‘lning ikki tomonida to‘xtab qolgan avtomobillar harakatga sezilarli darajada to‘sqinlik qilishi mumkin, ayni paytda yo‘lning faqat bir tomonida to‘xtab turish, transport harakati uchun muammo tug‘dirmaydi. Shuning uchun 3.29 «Oyning toq kunlarida to‘xtab turish taqiqlangan» belgisi ko‘pincha yo‘lning bir tomoniga, ikkinchi tomoniga esa 3.30 «Oyning juft kunlarida to‘xtab turish taqiqlangan» belgisi o‘rnatiladi. Shunday qilib, ma'lum bir muvozanatga erishiladi va transport vositalari mumkin qadar to‘siqsiz harakatlana oladi.
3.30. Oyning juft kunlarida to’xtab turish taqiqlanadi
- 3.30. «Oyning juft kunlarida to‘xtab turish taqiqlangan»
3.30 «Oyning juft kunlarida to‘xtab turish taqiqlangan» belgisi qizil chiziq tortilgan, qizil hoshiyali ko‘k fon va uning markazida ikkita vertikal oq chiziqlar tortilgan ko‘rinishga ega.
3.30 «Oyning juft kunlarida to‘xtab turish taqiqlangan» belgisi oyning juft kunlarida (sanalarida) transport vositalarining belgi ta'sir oralig‘ida to‘xtab turishini taqiqlaydi.
3.30 belgisi odatda qarama-qarshi harakatlanayotgan transport vositalarini aylanib o‘tish qiyin bo‘lishi mumkin bo‘lgan yo‘llarning tor hududlarida, shuningdek, ma'muriy binolar, turli muassasalar, supermarketlar va boshqa joylarda transport vositalarining to‘xtab turishi zurur bo‘lgan joylarda o‘rnatiladi. Yo‘lning ikki tomonida to‘xtab qolgan avtomobillar harakatga sezilarli darajada to‘sqinlik qilishi mumkin, ayni paytda yo‘lning faqat bir tomonida to‘xtab turish, transport harakati uchun muammo tug‘dirmaydi. Shuning uchun 3.29 «Oyning toq kunlarida to‘xtab turish taqiqlangan» belgisi ko‘pincha yo‘lning bir tomoniga, ikkinchi tomoniga esa 3.30 «Oyning juft kunlarida to‘xtab turish taqiqlangan» belgisi o‘rnatiladi. Shunday qilib, ma'lum bir muvozanatga erishiladi va transport vositalari mumkin qadar to‘siqsiz harakatlana oladi.
3.31. Barcha cheklovlarning oxiri
- 3.31. "Barcha cheklovlarning oxiri"
Haydovchidan bu belgining mazmunini chuqurroq tushunib olishi talab etiladi. Garchand bu belgi barcha cheklovlarning oxiri deb nomlansada, amalda 3.16. "Eng kam oraliq", 3.20. "Quvib o'tish taqiqlanadi", 3.22 "Yuk avtomobillarida quvib o'tish taqiqlangan", 3.24. "Yuqori tezlik cheklangan", 3.26. "Tovush moslamalaridan foydalanish taqiqlangan", 3.27. "To'xtash taqiqlangan", 3.28. "To'xtab turish taqiqlangan", 3.29. "Oyning toq kunlarida to'xtab turish taqiqlanadi", 3.30. "Oyning juft kunlarida to'xtab turish taqiqlanadi" yo'l belgilaridan birini, yo bir nechtasiga bir vaqtda amal qiladigan oraliqlarning oxirini bildiradi va yuqoridagi yo'l belgilarining ta'sir doirasini kesishmadan avvalroq tugatish uchun ishlatiladi.
3.32. Xavfli yuklarga ega transport vositalarining harakati ta'qiqlanadi
- 3.32. «Xavfli yuk tashiyotgan transport vositasining harakatlanishi taqiqlangan»
Ushbu belgi o‘rnatilgan joydan keyingi eng yaqin chorrahagacha, chorrahasi bo‘lmagan aholi punktlarida aholi yashaydigan hududning oxirigacha ta’sir qiladi. Yo‘lga tutash hududlardan dala va o‘rmonlarning yo‘l bilan tutashgan hamda ikkinchi darajali yo‘llardan chiqish joylarida, ularning oldiga tegishli belgilar o‘rnatilmagan bo‘lsa, bu belgilarning ta’siri yo‘qolmaydi.
3.33. Portlovchi va yonuvchan yuklarga ega transport vositalarining harakatlanishi ta'qiqlanadi
- 3.33. «Portlovchi va tez alangalanuvchi yukni tashiyotgan transport vositasining harakati taqiqlangan»
Ushbu belgi o‘rnatilgan joydan keyingi eng yaqin chorrahagacha, chorrahasi bo‘lmagan aholi punktlarida aholi yashaydigan hududning oxirigacha ta’sir qiladi. Yo‘lga tutash hududlardan dala va o‘rmonlarning yo‘l bilan tutashgan hamda ikkinchi darajali yo‘llardan chiqish joylarida, ularning oldiga tegishli belgilar o‘rnatilmagan bo‘lsa, bu belgilarning ta’siri yo‘qolmaydi.
3.17.3. «Nazorat joyi».
- 3.17.3. «Nazorat joyi».
3.17.3 «Nazorat joyi» yo‘l belgisi dumaloq shaklga va qizil hoshiyali oq fonga ega. Unda qora harflar bilan «STOP» va «NAZORAT» so‘zlari yozilgan.
3.17.3 «Nazorat joyi» belgisi transport vositalarining tekshirib o‘tkazilishi majburiy bo‘lgan vaqtincha yoki doimiy nazorat punktlarida o‘rnatiladi.
3.17.3 belgisi haydovchining yo‘lda joylashgan nazorat punktida to‘xtamasdan o‘tishini taqiqlash zarurati bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. Bunday punkt YPX (Yo‘l-patrul xizmati) maskani yoki karantin posti bo‘lishi mumkin. 3.17.3 belgisi chegara hududlari oldida ham o‘rnatilishi mumkin.
Ushbu belgi, shuningdek, pullik yo‘llar yoki xususiy yo‘llardagi pullik punktlarga kirish joylarida ham o‘rnatilishi mumkin.
Ushbu belgi transport vositasini to‘xtash chizig‘ida to‘xtatish va agar to‘xtash chizig‘i bo‘lmasa, u holda belgidan yo‘lni perpendikulyar ravishda kesib o‘tadigan xayoliy chiziqda (ya’ni belgining to‘g‘risida) to‘xtatishni talab qiladi.
«Nazorat joyi» belgisi ta’sir oralig‘ida haydovchilarning xatti-harakati bojxona punkti orqali harakatlanishdagi kabi bo‘lishi kerak. Haydovchi nazorat posti xodimlarining barcha qonuniy talablariga rioya qilishi, ularga tekshirish va qidiruv o‘tkazish imkoniyatini ta’minlashi hamda ularning ruxsati bilan harakatni to‘g‘ri yo‘nalishda davom ettirishi shart.
Odatda «Nazorat joyi» belgisi to‘g‘ridan to‘g‘ri nazorat punktida o‘rnatiladi. Ammo ba’zi hollarda uni oldindan takrorlash mumkin. Bunday holda, 3.17.3 belgisi, 7.1.1 «Obyektgacha bo‘lgan masofa» qo‘shimcha axborot belgisi bilan birga o‘rnatiladi.