← Bosh sahifaga qaytish

Imtiyoz belgilari

9 ta yo'l belgisi

2.1. Asosiy yo’l

2.1. Asosiy yo’l

2.1. “Asosiy yo‘l” Harakat tartibga solinmagan chorrahalarda oldin o‘tish huquqini beradi. Belgi yo‘lning boshlanishida o‘rnatilib, har bir chorraha oldida takrorlanadi. Asosiy yo‘l bilan kesishadigan yo‘llarda, chorraha oldida 2.4.«Yo‘l bering» yoki 2.5.«To‘xtamasdan harakatlanish taqiqlangan» belgilari o‘rnatiladi. Agar chorrahada asosiy yo‘l o‘z yo‘nalishini o‘zgartirsa, u holda ushbu belgi ostiga qo‘shimcha
ilustration ilustration ilustration
2.2. Asosiy yo’lning oxiri

2.2. Asosiy yo’lning oxiri

2.2. "Asosiy yo'lning oxiri" "Asosiy yo'lning oxiri" imtiyoz belgisi asosiy yo'l tugaganligini va o'z navbatida shu yo'ldagi harakat qatnashchilarining chorrahadan birinchi o'tish huquqi bekor bo'lganini bildiradi. Haydovchi ushbu belgi o'rnatilgan joydan boshlab, yo'lning qiymati o'zgarishi haqida axborotga ega bo'lib transport vositasining tezligini kamaytirishi, shuningdek, barcha ehtiyot choralarini ko'rishi kerak.
2.3.1. Ikkinchi darajali yo’l bilan kesishuv

2.3.1. Ikkinchi darajali yo’l bilan kesishuv

2.3.1. "Ikkinchi darajali yo'l bilan kesishuv" Harakatlanish tartibga solinmagan chorrahada haydovchiga imtiyoz beruvchi bu belgi asosiy yo‘l bo‘ylab, aholi punktlarida chorrahadan 50 -100 metr aholi punktlaridan tashqarida esa, 150 -300 metr oldin o‘rnatiladi. Belgi haydovchining asosiy yo‘ldan ketayotganini tasdiqlagani holda, ikkinchi darajali yo‘l bilan kesishuv yaqinlashayotgani va undagi kutilmagan xavf-xatardan ogohlantiradi. Shu bois, haydovchilar ushbu kesishuv yo‘llaridan o‘tishda ehtiyot choralarini ko‘rishlari shart.
2.3.2. tutashuv o’ngdan

2.3.2. tutashuv o’ngdan

2.3.2, 2.3.3. “Ikkinchi darajali yo‘l bilan tutashuv” 2.3.1 — 2.3.3 yo‘l belgilari aholi punktlarida kesishmagacha 50 — 100 metr masofada, aholi punktlaridan tashqarida esa 150 — 300 metr masofada o‘rnatiladi.
2.3.3. tutashuv chapdan

2.3.3. tutashuv chapdan

2.3.2, 2.3.3. “Ikkinchi darajali yo‘l bilan tutashuv” 2.3.1 — 2.3.3 yo‘l belgilari aholi punktlarida kesishmagacha 50 — 100 metr masofada, aholi punktlaridan tashqarida esa 150 — 300 metr masofada o‘rnatiladi.
2.4. Yo’l bering

2.4. Yo’l bering

2.4. “Yo‘l bering!”. Haydovchi kesib o‘tilayotgan yo‘ldan, 7.13 qo‘shimcha-axborot belgisi bo‘lganda esa asosiy yo‘ldan harakatlanayotgan transport vositasiga yo‘l berishi kerak.
2.5. To’xtamasdan harakatlanish taqiqlangan

2.5. To’xtamasdan harakatlanish taqiqlangan

2.5. “To‘xtamasdan harakatlanish taqiqlangan”. To‘xtash chizig‘i oldida, agar u bo‘lmasa, kesib o‘tiladigan qatnov qismining chetida to‘xtamasdan harakatlanish taqiqlanadi. Haydovchi kesib o‘tilayotgan yo‘ldan, 7.13 qo‘shimcha-axborot belgisi bo‘lganda esa asosiy yo‘ldan harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishi kerak. Bu belgi temir yo‘l kesishmasi yoki karantin maskanidan oldin o‘rnatilishi mumkin. Bunday hollarda haydovchi to‘xtash chizig‘i oldida, u bo‘lmasa, belgi oldida to‘xtashi kerak.
2.6. Ro’para harakatlanishning ustunligi

2.6. Ro’para harakatlanishning ustunligi

2.6. “Ro‘para harakatlanishning ustunligi”. Qarama-qarshi harakatlanishni qiyinlashtiradigan hollarda yo‘lning tor qismiga kirish taqiqlanadi. Haydovchi yo‘lning tor qismida bo‘lgan yoki ro‘paradan unga yaqin bo‘lgan transport vositasiga yo‘l berishi kerak.
2.7. Ro’paradagi harakatlanishga nisbatan imtiyoz

2.7. Ro’paradagi harakatlanishga nisbatan imtiyoz

2.7. “Ro‘paradagi harakatlanishga nisbatan imtiyoz”. Yo‘lning tor qismida harakatlanishda haydovchi ro‘paradan kelayotgan transport vositasiga nisbatan imtiyozga egaligini bildiradi.