1.1. Shlagbaumli temir yo'l kesishmasi
1.2. Shlagbaumsiz temir yo’l kesishmasi
1.3.2. Ko’p izli temir yo’l
1.4.1. Temir yo’l kesishmasining yaqinligi haqida ogohlantirish
1.4.2. Temir yo’l kesishmasining yaqinligi haqida ogohlantirish
1.4.1 – 1.4.6. "Temir yo'l kesishmasiga yaqinlashuv" Ushbu yo'l belgilari aholi yashash joylaridan tashqarida, haydovchining temir yo'l kesishmalariga yaqinlashish darajasini ko'rsatadi va 1.1."Shlagbaumli temir yo'l kesishmasi" yoki 1.2."Shlagbaumsiz temir yo'l kesishmasi" yo'l belgilari bilan birgalikda o'rnatiladi. Bu yo'l belgilarining asosiy maqsadi, haydovchilarning temir yo'l kesishmalariga e'tiborini yanada kuchliroq qaratishdan iborat. Zarur holatlarda, keng yo'llarda ushbu yo'l belgilari qo'shimcha ravishda yo'lning chap tomoniga ham qo'yiladi. Haydovchi temir yo'l kesishmasiga yaqinlashayotganda tezlikni kamaytirishi kerak.
1.4.3. Temir yo’l kesishmasining yaqinligi haqida ogohlantirish
1.4.4. Temir yo’l kesishmasining yaqinligi haqida ogohlantirish
1.4.5. Temir yo’l kesishmasining yaqinligi haqida ogohlantirish
1.4.6. Temir yo’l kesishmasining yaqinligi haqida ogohlantirish
1.5. Tramvay yo’li bilan kesishuv
1.6. Teng ahamiyatli yo’llar kesishuvi
1.7. Aylanma harakatlanish bilan kesishuv
1.8. Svetofor tartibga soladi
1.9. Ko’tarma ko’prik
1.10. Sohilga chiqish
1.11.1. Xavfli burilish
1.11.2. Xavfli burilish
1.12.1. Xavfli burilishlar
1.12.2. Xavfli burilishlar
1.13. Tik nishablik
1.14. Tik balandlik
1.15. Sirpanchiq yo’l
1.16. Notekis yo’l
1.17. Tosh otilish xavfi
1.18.1. Yo’lning torayishi
1.18.2. Yo’lning torayishi
1.18.3. Yo’lning torayishi
1.19. Ikki tomonlama harakatlanish
1.20. Piyodalar o’tish joyi
1.21. Bolalar
1.22. Velosiped yo’lkasi bilan kesishuv
- 1.22. "Velosiped yo'lkasi bilan kesishuv"
1.22. "Velosiped yo‘lkasi bilan kesishuv"
1.22 «Velosiped yo‘lkasi bilan kesishuv» belgisi qizil hoshiyali uchburchak shaklida bo‘lib, uning markazida, oq fonda qora rangli velosiped tasvirlangan.
«Velosiped yo‘lkasi bilan kesishuv» belgisi velosiped yo‘lkasi yo‘lning qatnov qismini kesib o‘tadigan joylar oldidan o‘rnatiladi va yo‘l harakati qatnashchilarini qatnov qismida kutilmaganda velosipedchi paydo bo‘lib qolishidan ogohlantiradi.
1.22 yo‘l belgisini ko‘rgan haydovchidan qandaydir aniq bir harakat talab qilinmaydi. Haydovchi, faqat zarurat paydo bo‘lganida tezlikni kamaytirishi va to‘xtashi shart. Velosiped yo‘lkasi yo‘lning qatnov qismi bilan kesishgan joylarda, odatda imtiyoz avtomobilda bo‘ladi, shuning uchun velosiped va moped haydovchilari yo‘l berishlari kerak. Biroq haydovchi hushyor bo‘lishi va har qanday vaqtda to‘xtashga tayyor bo‘lishi kerak.Bundan tashqari, velosiped yo‘lkasi yo‘lning qatnov qismi bilan kesishgan joylar svetofor orqali tartibga solinishi mumkin. Bunday vaziyatda haydovchilar, svetofor ishoralariga asosan harakatlanadilar.
Haydovchi, velosiped yo‘lkasi yo‘lning qatnov qismi bilan kesishgan joyga yaqinlashayotganligi to‘g‘risida «Velosiped yo‘lkasi bilan kesishuv» belgisi bilan ogohlantiriladi, yo‘lkaning o‘zi esa, 4.5 «Velosiped yo‘lkasi» yoki velosiped yo‘lkasini yoki velosiped harakatlanishi uchun mo‘ljallangan tasmani bildiruvchi 1.26 yo‘l chizig‘i bilan belgilanadi. Velosiped yo‘lkasi yo‘lning qatnov qismi bilan kesishgan joyga yo‘lning velosiped yo‘lkasi kesib o‘tgan joyini bildiruvchi 1.15 yo‘l chizig‘i chiziladi. 1.22 «Velosiped yo‘lkasi bilan kesishuv» belgisi ko‘pchilik ogohlantiruchi belgilar kabi, aholi punktlaridan tashqarida 150 – 300 metr, ahli punktlarida 50 – 100 metr oldin o‘rnatiladi. Agar belgini boshqa masofada o‘rnatish zaruriyati bo‘lsa 7.1.1 «Obyektgacha bo‘lgan masofa» qo‘shimcha axborot belgisi bilan birga qo‘llanilishi mumkin.
1.23. Ta’mirlash ishlari
- 1.23 «Ta’mirlash ishlari»
belgisi ogohlantiruvchi belgilari uchun an’anaviy bo‘lgan uchburchak shaklga ega. Qizil hoshiyali belgining oq fonida ta’mirlash ishlarini bajarayotgan odamning tasviri tushirilgan.
Haydovchilar 1.23 «Ta’mirlash ishlari» yo‘l belgisi orqali yo‘lning qatnov qismida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari to‘g‘risida ogohlantiriladi.
Ta’mirlash ishlari turli xil, asfalt yotqizish, chuqurlarni ta’mirlash va yo‘l chiziqlarini yangilashdan tortib, daraxtlarni kesish va svetofordagi chiroqlarni almashtirishgacha bo‘lishi mumkin. Bu shuni anglatadiki, yo‘lda ishchilar va maxsus texnikalar bo‘lishi mumkin, yo‘lning bir qismida yo‘l qoplamasi yoki yo‘l chetidagi ariq olib tashlanishi mumkin. Va yo‘l hududida qanday ish olib borilishidan qat’i nazar, haydovchidan ko‘proq e’tibor talab qiladi.
Haydovchilar yodda tutishlari kerakki, yo‘l xizmati xodimlari ta’mirlash ishlari paytida tartibga soluvchining vakolatlarini oladilar va istalgan vaqtda transport oqimini to‘xtatishi yoki yo‘naltirishi, shuningdek, ularga to‘siqlarni chetlab o‘tish yo‘nalishini ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun, yo‘l xizmati xodimlari kiyimida jezl ushlab turgan odamni ko‘rib hayron bo‘lmaslik kerak.
1.23 yo‘l belgisini ko‘rgan haydovchilar tezlikni kamaytirishlari va boshqa yo‘l belgilari va yo‘l chiziqlariga e’tibor qaratgan holda yo‘l sharoitlariga muvofiq harakat qilishlari kerak.
1.24. Mol haydab o’tish
1.25. Yovvoyi hayvonlar
1.26. Toshlar tushishi
1.27. Yonlama shamol
1.28. Pastlab uchuvchi samolyotlar
1.29. Tonnel
1.30. Boshqa xavf-xatar
1.31. Sun'iy yo'l notekisliklari
1.31.1. Burilishning yo’nalishi
1.31.2. Burilishning yo’nalishi
1.31.3. Burilishning yo’nalishi
1.32. Tirbandlik